Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
d) Kompaniya faoliyati tahlili
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy omillar.
d) Kompaniya faoliyati tahlili
Atrof-muhit tahlili. Tashqi muhit omillari tahlili (STEEPV-tahlili). Quida keltirilgan tashqi muhit omillari «FABERLIC» kompaniyasi faoliyatiga, uning yaqin raqobatli muhitiga “umumiy” ta`sir ko`rsatadi. Ijtimoiy omillar O`zbekiston aholisi va xususan, mintaqalar aholisi daromad darajasining pastligi noqulay omil sifatida; yangi ish o`rinlari yaratish qulay omil sifatida. Texnologik omillar. Zamonaviy komp’yuter tizimlari asosida ilg’or texnologiyalardan yangi mahsulot ishlab chiqish va tadqiq etish uchun foydalanish. Bu omil o`z samaradorligi va iste`molchilar uchun jalb etuvchanligini oshirishga imkon bergan holda tashkilotga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Iqtisodiy omillar. Mamlakatdagi beqaror iqtisodiy vaziyat «FABERLIC» korporatsiyasining ahvolida ham o`z aksini topadi. Bir qator noqulay omillar ta`siri seziladi: hukumatning noqulay (ishlab chiqarish uchun) pul-kredit siyosati; davlatning doimiy o`zgarib turadigan soliq siyosati; dunyo valyutalariga nisbatan so`mning ayirboshlash kursi tushib ketishi. Ekologik omillar. O`zbekistondagi ekologik vaziyat ham «FABERLIC» kompaniyasining faoliyatiga ta`sir etmay qolmaydi, xususan, quyidagilarning ta`siri ostida: barcha turdagi energiyalar narxining qimmatlashuvi va energiyani tejash texnologiyalarining yo`qligi; global ekologik kataklizmlar xavfi; mamlakatda maishiy chiqitlarni yo`q qilishning rivojlangan tizimi yo`qligi, natijada atrof-muhitning ifloslanishi. Siyosiy omillar. Ta`sir darajasini baholash uchun siyosiy omillar tashqi va ichki turlarga taqsimlanadi. Tashqi (umuman qulay) omillar: jahon hamjamiyatining O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo`llab-quvvatlashi; O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga ega mamlakat deb tan olinishi. Siyosiy vaziyat o`tkirlashgan sharoitlarda tovarga talab keskin o`sishi yoki pasayishi mumkin. «FABERLIC» kompaniyasida xorijiy bozorlarga (Pol’sha, Slovakiya, Frantsiya) chiqishga real imkoniyat paydo bo`ldi va bunda siyosi omillarning ta`siri muhim rollardan birini o`ynashi mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling