Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Tovarlarni pochta orqali jo`natish
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorni segmentlash.
Tovarlarni pochta orqali jo`natish. Kataloglar, TV-magazinlar, radio va gazeta reklamasi bo`yicha savdo, bunda xaridor uni qiziqtirayotgan mahsulotni telefon orqali yoki maxsus buyurtma formasini to`ldirib, buyurtma berishi mumkin.
To`g’ridan-to`g’ri sotuvlar. Tovarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchi tomon harakatlantirishning bu usulida xaridor bilan shaxsiy muloqot ko`zda tutiladi va u quyidagi afzalliklarni beradi: mijoz ehtiyojlarini aniqlash imkoniyati; xaridorga to`liq axborot etkazish; individual yondashuv. g) Iste`molchilar tahlili Tovarning iste`mol xususiyatlaridan kelib chiqib - parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari birlamchi zaruriy mahsulotlar hisoblanmaydi. Ushbu turdagi mahsulotlarning asosiy iste`molchilari barcha yoshdagi ayollar, shuningdek, xususiy kosmetika salonlari va savdo firmalari hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorda iste`molchi-tashkilotlar bilan munosabatlar uzoq muddatli shartnomalar asosidu quriladi, bunda tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bo`yicha chegirma-qo`shimchalar tizimdan keng foydalaniladi. Bozorni segmentlash. Bozorda iste`molchilar xulq-atvorini o`rganish maqsadli marketing pozitsiyalaridan kelib chiqqan holda o`tkaziladi. Bunday yondashuvda bozorni segmentlash deganda barcha iste`molchilar yig’indisini taklif etilayotgan tovarning usite`mol xususyatlariga bir xilda javob qaytaruvchi bir xil guruhlarga ajratish tushuniladi. Kosmetika va unga yo`ldosh tovarlarning asosiy iste`molchilari barcha yoshdagi ayollar, shuningdek, Rossiya va xorijiy mamlakatlardagi xususiy kosmetika salonlari bo`lib, bozorni segmentlash uchun ikkala o`zgaruvchan ko`rsatkich – geografik va xulq-atvor ko`rsatkichidan iboart bo`lgan aralash usuldan foydalanish eng qulay. Bozorni segmentlash strategiyasi sifatida birdaniga bir nechta bozor segmentlarida ishlashga imkon beradigan differentsiyalangan marketing strategiyasini tanlab olamiz. Tovarni ichki va tashqi bozorlarda joylshtirishda mahsulotning o`ziga xos bo`lgan ajratib turuvchi xislatlarini, xususan, zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bazasida o`zining yangi istiqbolli texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga erishiladigan unikallik va o`ziga xoslikni ishga solish lozim. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling