Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Download 1.93 Mb.
bet47/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

1-jadval


«FABERLIC» kompaniyasining 2019-2020 yillardagi faoliyati
texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari


Ko`rsatkichlar


2019y.

2020y.




Bajarilgan ish hajmi, ming rub.

57167

57404




Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

52533

46162




Ishlab chiqarish xarajatlari, ming rub.

29609

29711




Balans foydasi

27795

29815




Sof foyda, ming rub.

20066

36447




Ishlab chiqarish rentabelligi

0,94

2,78




Mahsulotni sotishdan olingan foyda

19544

27795




Asosiy operatsion faoliyatdan foyda

19477

26673



g) «FABERLIC» kompaniyasi raqobatchilari tahlili
Kompaniyaning asosiy raqobatchilari quyidagilar hisoblanadi:
1.Mahallik korxonalar: «Svoboda» fabrikasi, «Kalina» kontserni;
2.Xorijiy korxonalar: «AVON», «Procter g` Gamble», «Oriflame», «Palmolive». Raqobatchilar haqidagi ma`lumotlar 2-jadvalda aks ettirilgan.


2-jadval

Asosiy raqobatchilarning bozordagi ulushi


«Procter g` Gamble»

31%

«Oriflame»

21,2%

«Kalina»

14,1%

«Avon»

16,3%

«Palmolive»

12%



III. Talabalar uchun uslubiy ko`rsatmalar


Muammo
O`zbekiston bozorida samarali taqsimot kanalini tanlash hisobiga sotuv bozorini muvaffaqiyatli kengaytirishni ta`minlash


Vazifalar
1. «FABERLIC» kompaniyasidagi mavjud vaziyatni tahlil qilish
2. «FABERLIC» kompaniyasi taqsimot kanallari hududiy qamrovini aniqlash.
3. «FABERLIC» kompaniyasi taqsimot kanali strukturasi va turini aniqlash.
4. Kanal bo`yicha mos tushadigan hamkorlarni tanlash.
5. Taqsimot kanalini boshqarish yo`llarini aniqlash.

Yechim algoritmi


1. «FABERLIC» kompaniyasida mavjud vaziyat tahlili
Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari sotuv bozorini quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha tahlil qilish:

  • bozor hajmi va xarakteri;

  • asosiy iste`molchilar va ularning geografik joylashuvini aniqlash;

  • asosiy raqobatchilar tovarlarining umumiy sotuv hajmidagi ulushi;

  • strukturaga ta`sir ko`rsatadigan tashqi muhitning o`zgarish tendentsiyalari. Tashqi muhitning har bir omilini, ya`ni ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy, ekologik va siyosiy omillarni ochib berish zarur.

«FABERLIC» kompaniyasi chiqarayotgan mahsulotlarni tahlil qilish. Tovar siyosati va tovarlar mavjud pozitsiyasini baholash.
«FABERLIC» kompaniyasi raqobat muhiti holatini quyidagi omillar bo`yicha tahlil qilish:
1) iste`molchilarga bog’liqlik;
2) ta`minotchilarga bog’liqlik;
3) raqobat intensivligiga bog’liqlik: o`rnini bosadigan tovarlar bosimi; potentsial raqobatchilar tomonidan tahdid.
2.Kompaniya taqsimot kaanallari hududiy qamrovini aniqlash
Taqsimot kanallari hududiy qamrovini aniqlashda kompaniya unga qaysi qamrov kerakligin aniqlashi lozim: mintaqaviy, umummilliy yoki xalqaro qkamrov. Bunda mavjud savdo hududlari haddan ortiq katta yoki kichik emasligini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda qaysi hudadlar mahsulotni sotish uchun optimal ekanligini aniqlash.
Savdo hududi hajmini aniqlashtirgach, taqsimot turini aniqlash zarur (intensiv yoki nazorat qilinadigan).
3. Kompaniya taqsimot kanali strukturasi va turini aniqlash
Kompaniya taqsimot kanallari hududiy qamrovi aniqlab olingach, kanal strukturasi va turi haqida qaror qabul qilish lozim. Demak, sizning vazifangiz:
birinchidan, mavjud taqsimot kanallarini baholash.
ikkinchidan, taqsimot kanali turini tanlash.
uchinchidan, taqsimot kanali yangi strukturasini ishlab chiqish yoki mavjud kanallarni yaxshilash.
Firmalarning ko`pchiligi o`z mahsulotlarini bilvosita yoki to`g’ridan-to`g’ri eksport yordamida sota boshlaydi. Bu erda xalqaro distrib’yutsiyada vositachilarning har xil turlari mavjudligini hisobga olish zarur.
Bilvosita eksport bu – mahalliy vositachi (masalan, agent yoki distrib’yutor) orqali sotish.
To`g’ridan-to`g’ri eksportda ishlab chiqaruvchi o`z mahsulotlarini tarqatar ekan, to`g’ridan-to`g’ri chet ellik vositachilar bilan ishlaydi. Bunday yondashuv, katta madaniy tajriba talab qilishiga qaramay, kompaniyaga bozorni yaxshiroq tushunish va nazorat qilisha imkon beradi.
4. Kanal bo`yicha mos tushadigan hamkorlar tanlash
Biznes-hamkorlar tanlash savdo qilayotgan tomonlar o`tasidagi masofa va ularni bir-biridan ajratib turuvchr madaniy farqlar tufayli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro distrib’yutorlar va savdo hamkorlari bilan ishlashni tanlashdagi ettita asosiy jihat quyidagilardan iborat:
1. Ob`ektiv tanlov me`yorlaridan foydalanib, potentsial hamkorlarni tartibli ravishda va sinchiklab baholang.
2. «Ayrim mijozlar bilan bir nechta shartnoma tuza oladigan emas, balki butun bir bozorni o`zlashtira oladigan distrib’yutor va savdo hamkorlarini izlang».
3. «Mahalliy vositachilarga bozorga kirib borish uchun vaqtinchalik «vositalar» emas, balki uzoq muddatli hamkorlarga kabi munosabatda bo`ling».
4. YAngi g’oyalar almashinishi va o`tmishda muvaffaqiyatli bo`lgan strategilarni muhokama qila olishi uchun mahsulot bo`yicha menejerlarning distrib’yutorlar va savdo hamkorlari bilan uchrashuvlarini tashkillashtiring.
5. Ularning faoliyati mijozlarning ehtiyojlariga javob berishi uchun boshidanoq distrib’yutor yoki savdo hamkori faoliyatini nazorat ostida ushlang.
6. Distrib’yutorlar va savdo hamkorlari sizga bozor va moliyaviy ko`rsatkichlar haqida batafsil ma`lumotlar taqdim etayotganiga ishonch hosil qiling.
7. Bitta mamlakatda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy distrib’yutorlar o`rtasida aloqani imkon qadar ertaroq yo`lga qo`ya boshlang.
Agar kompaniya ularni o`z mulki qilib sotib olish bilangina emas, balki distrib’yutorlar va savdo hamkorlari bilan munosabatlarni yaxshilagan holda o`zining xalqaro faoliyatini nazorat qila olishini tushunsa, distrib’yutorlar va savdo hamkorlari oldiga o` xalqaro strategiyasini mintakaviy amalga oshirish doirasida lokal maqsadlar qo`ygan holda ular uchun uzoq muddatliroq vazifalarni ishlab chiqishi mumkin.

5. Taqsimot kanalini boshqarish yo`llarini aniqlash
Xalqaro kanal faoliyatini boshqarishda mahsulotni taqsimlash bo`yicha faoliyat yuritish qoidalari va taktikasini aniqlab olish zarur.
Buning uchun avvalboshdanoq faoliyat sohasini aniqlab oling.
Bitim darajasida ham, strategik darajada ham ish natijalarini baholash uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni aniqlang.
Taqsimot kanalini boshqarish jarayoniga ta`sir etuvchi qiyinchiliklarni aniqlang.
Taqsimot kanalini boshqarishni takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqing.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling