Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


«FABERLIC» kompaniyasi faoliyatining marketing tahlili


Download 1.93 Mb.
bet44/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

3. «FABERLIC» kompaniyasi faoliyatining marketing tahlili
a) Sotuv bozori tahlili
«FABERLIC» kompaniyasi tovarlarni Rossiya bozoriga ham, tashqi bozorga ham etkazib beradi.
Bugungi kunda «FABERLIC» kompaniyasi mamlakat bozorida etakchi o`rinlardan birini va xalqaro bozorda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda sakkizinchi o`rinni egallagan. Kompaniya har yili sotuv hajmini oshirib borishi tufayli shunday xulosa chiqarish mumkinki, chiqarilayotgan tovarlar barqaror talabga ega va o`zining o`sish bosqichida turibdi. Firma mahsulotlari Rossiyada kosmetikasi ishlab chiqarish hajmining 80%ini tashkil qiladi.
Tayyor mahsulotni sotishda quyidagilarga intilish zarur:

  • ichki bozorda tayyor mahsulot sotishni oshirish;

  • o`z ishlab chiqarishini va o`z savdo tarmog’ida kosmetik mahsulotlar sotishni rivojlantirish;

  • chet ellik hamkorlar bilan savdoni rivojlantirish;

  • potentsial xaridorlarni jalb etish va mahsulot sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati natijalaridan foydalanish.

Bugungi kunda dunyoda parfyumeriya va kosmetika ishlab chiqarish «AVON», «Procter g` Gamble» kabi bir nechta yirik kompaniyalar qo`lida mujassamlashgan bo`lib, ular dunyo miqyosida kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishning taxminan 70%i va bu mahsulotlar savdosining 80%ini nazorat qiladi. YAngi mingyillikda insoniyatning go`zal va maftunkor qismi kosmetika talvasasidan qutilishi amrimahol, shuning uchun tashqi muhitning o`zgarish bashorati optimistik va «FABERLIC» kompaniyasining rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi.


a) CHiqarilayotgan mahsulot tahlili.
«FABERLIC» - mamlakatdagi tarkibiga molekulyar va hujayrali kosmetologiya kiritilgan dastlabki kosmetik liniya.
Ishlab chiqarish quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi:

  • yuz terisi, tana, soch uchun mo`ljalangan «FABERLIC» kislorodli kosmetikasi (75 turdan ortiq mahsulot);

  • og’iz bo`shlig’i uchun mo`ljallangan vositalar;

  • «Lyuks» klassli parfyumeriya;

  • «Vkus jizni» biologik faol qo`shimchalar;

  • dekorativ kosmetika;

  • aksessuarlar;

  • VIP-salona «FABERLIC» VIP-saloni, shuningdek, Moskva shahri va Rossiyaning boshqa mintaqalaridagi ko`plab salonlar uchun asos hisoblanadigan professional kosmetika seriyasi.

CHiqarilayotgan mahsulotlar rentabellik darajasi ~ 5%.
Ishlab chiqarishda kerakli bilimlar va yuqori professional tayyorgarlikka ega bo`lgan malakali xodimlar jalb qilingan.
Korporatsiya tovar siyosatining asosiy elementi sifat hisoblanadi. Barcha mahsulotlar sertifikatlangan va farmatsevtika standartlariga tenglashtirilgan sharoitlarda ishlab chiqariladi. Test sinovlari natijalariga ko`ra kompaniya ekologik toza va xavfsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar Davlat reestriga kiritilgan.
Dunyoda kompaniya chiqarayotgan mahsulotlarga o`xsha mahsulotlar bor, biroq tarkibiga kiradigan elementlar sifati bo`yicha kompaniya mahsulotlari ko`plab xorijiy firmalarning mahsulotlaridan ustun turadi.
«FABERLIC» kompaniyasi taqdim etayotgan tovarlarni yanada detalli ko`rib chiqish uchun tovarning uch darajali tahlilini keltirib o`tamiz, bunda tovarning mohiyati, amaldagi tovar va qo`shimcha tovar farqlanadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling