Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Keys: “distribyutorlik faoliyatida bozor taqsimoti kanallari”
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq Samarali taqsimot kanalini aniqlash va uning strukturasini O`zbekiston bozoriga moslashtirish zarur «FABERLIC» kompaniyasi haqida ma`lumot
Keys: “distribyutorlik faoliyatida bozor taqsimoti kanallari”
Vaziyat «FABERLIC» korporatsiyasi bu – ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bo`lib, 1997 yilda tashkil topgan. Qisqa muddat ichida kompaniya yirik ilmiy markaz, katta mustaqil ishlab chiqarish, kuchli servis va o`quv markazlariga ega unikal ko`p pog’onali korxonaga aylandi. Fanning eng so`nggi yutuqlari bilan jihozlangan laboratoriyalar va harakatchan marketing xizmati o`z faoliyati, bilim va sa`y-harakatlarini mahsulot sifatini takomillashtirish, yangi sotuv bozorlarini o`zlashtirishga yo`naltirgan. Kompaniya boshida uchta aktsioner: prezident, vitse-prezident va «Russkaya Liniya» loyihasi rahbari turadi. 2000 yil «FABERLIC» korporatsiyasi «To`g’ridan-to`g’ri sotuvlar sektorida eng dinamik rivojlanayotgan kompaniya» sifatida oltin medal’ bilan taqdirlandi. «FABERLIC» kompaniyasining asosiy muammosi sotuv bozorini kengaytirish hisoblanadi. SHu munosabat bilan kompaniya O`zbekiston parfyumeriya-kosmetika tovarlari bozoriga chiqdi. Biroq kompaniyaning birinchi mustaqil tajribasi muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqdi, chunki ular xalqaro savdoga ta`sir ko`rsatadigan bir qator muhim omillarni hisobga olmadilar. Xususan, ular bilan ishlagan distrib’yutorlar va boshqa savdo vositachilari mijozlar bilan kerakli aloqalar o`rnata olmadi va kompaniya u ishlashni istagan respublika bozori sharoitlariga moslasha olmadi. «FABERLIC» kompanisining O`zbekiston bozoriga chiqishi muvaffakiyatli bo`lishi va ularga foyda keltirishi uchun parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari taqsimot kanallari strukturasi va turini qayta ko`rib chiqish zarur. Topshiriq Samarali taqsimot kanalini aniqlash va uning strukturasini O`zbekiston bozoriga moslashtirish zarur «FABERLIC» kompaniyasi haqida ma`lumot 1. «FABERLIC» kompaniyasining tarixi 1997 yilda bir guruh yosh tadbirkorlar Rossiya ayollariga sifatli, rangorang va foydali kosmetika sovg’a qilishni maqsad qilib oldilar va mamlakat tarixida ilk «to`g’ridan-to`g’ri sotuv»ni yo`lga qo`ydilar. «To`g’ridan-to`g’ri sotuv» har bir mijozga alohida, individual yondashuv topilishini anglatgan. Ayollar endi do`kon peshtaxtasi oldida vaqt yo`qotib o`tirmaydi: «FABERLIC» maslahatchisi mijoz uchun qulay bo`lgan istalgan payt uning oldiga kelishi, o`ziga qarash bo`yicha professional maslahatlar berishi, istalgan murakkablikdagi buyurtmalarini rasmiylashtirish bo`yicha xizmat ko`rsatishi va buyurtmani to`g’ridan-to`g’ri kompaniyadan uning uyiga keltirishga tayyor bo`ladi. Bu juda qulay. Kompaniyaning 10 yillik ish tajribasi uning asoschilari haq bo`lganligini ko`rsatdi. 2001 yil Rossiya ilk bor «FABERLIC» nomini eshitdi (bungacha kompaniya «Russkaya liniya» nomida bo`lgan). Besh yildan kam vaqt ichida butun Rossiya va xorij bo`ylab 5 mln.dan ortiq ayol firma mahsulotlarining muhlisalariga aylandi. Ularning barchasi «FABERLIC» mahsulotlari sifatiga va kompaniya maslahatchilarining professional maslahatlariga ishonadi. Bu yillar davomida kompaniya ko`p narsaga erishdi: 2005 yil u xalqaro kompaniyaga aylanib, 600000 dan ortiq maslahatchilarni hamfikrlar qatoriga qo`shdi, adadi 1000000 nusxadan ortiq bo`lgan «FABERLIC» oylik kataloglarini chiqara boshladi. Hozirgi paytda kompaniyada o`z ishining ustalari ishlamoqda, aynan ularning xizmatlari tufayli «FABERLIC» dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan kosmetik kompaniyalardan birigay aylandi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling