Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Download 1.93 Mb.
bet39/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Marketing vaziyati
Mustaqil faoliyat yuritayotgan “Azizbek” kichik korxona ixtiyorida o`zlashtirish uchun 120 ming so`mlik xom-ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so`m daromad olishni ko`zda tutmoqda. SHu asnoda korxonaning rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarish rejalashtirilgan. Loyiha bo`yicha harajatlar hajmi 105560 so`mni tashkil etadi. Xo`sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi va samaralimi?


Topshiriq:
Diskont usuli orqali loyihaga kiritilgan investitsiyalarni samaradorligini baholash zarur.

2-ilova (5.3)


II. TALABALAR UCHUN USLUBIY KO`RSATMALAR
Muammo
Diskont usuli orqali loyihaga kiritilgan investitsiyalarni samaradorligini baholash.


Vazifalar:
1. Diskont koeffitsientini (Kd) aniqlang.

  1. Investitsiyalarni qoplash muddatini va ushbu muddat davomida pul qiymatini o`zgarishini aniqlang.

3. «Azizbek» kichik korxona faoliyatining foydalilik koeffitsientini aniqlang va olingan natija asosida investitsion loyihani samaradorligi bo`yicha xulosa qiling.
Echish algoritmi



1. Diskont koeffitsientini (Kd) aniqlang.
Discount xozirgi paytdagi baholar bilan ularni qaytarish davridagi baholar o`rtasidagi farqlari yoki qimmatbaxo qog’ozlar nominali. Mohiyati, turli davrlarda investitsiya sarflari va kelgusida firmaning ichki daromadlilik normalarini aniqlash davomidagi pul tushumlarini, ya`ni kapital mablag’larni qoplanish (qaytarilish) koeffitsientidan iboratdir.
Pullarning yoki sarflangan mablag’larning “bugungi” va “kechagi” qiymatlari o`rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskont koeffitsientlariga ko`paytiriladi. Diskont koeffitsientlarining hisoblash quyidagi formula (1) orqali aniqlanadi:



bu erda, K - pul qiymatining o`zgarish sur`ati (odatda, bank kreditlari bo`yicha o`rtacha foiz darajasida qo`llaniladi); T - investitsiya ajratilgan vaqtdan boshlab o`tgan vaqt, kunlar.




2. Investitsiyalarni qoplash muddatini va ushbu muddat davomida pul qiymatini o`zgarishini aniqlang.
Korxona harajatlarini qoplash muddati quyidagi formula (2) orqali hisoblanadi:


Harajatlarni

Qoplash
muddati



=



Boshlang’ich investitsiyalar  Har yilgi pul daromadlari



3. «Azizbek» kichik korxonaning foydalilik koeffitsientini aniqlang va olingan natija asosida investitsion loyihani samaradorligi bo`yicha xulosa qiling.
Foydalilik ko`rsatkichi sifatida, foydalilik koeffitsienti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula (3) yordamida hisoblanadi:


Foydalilik

koeffitsienti



=

Ko`zda tutilgan daromadlar summasi  Ko`zda tutilgan harajatlar summasi





Ko`zda tutilgan daromadlar summasi - bu mazkur investitsiyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olinadigan foyda xajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta`kidlangandek, diskont koffitsientlari bilan to`g’rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida so`mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar summasi aks etadi.
Ko`rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha harajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgandir, agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo`ljallangan bo`lsa, bunday holda harajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo`q.
Foydalilik koeffitsientiga asoslanib, agar koeffitsient 1,00 dan yuqori yoki unga teng bo`lgan taqdirdagina investtsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Foydalilik koeffitsientlaridan foydalanish - o`zining oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bo`lib, etarlicha asosli qarorlar (xulosalar) ni qabul qilishga yordam beradi. YAgona murakkabligi shuki, ko`zda tutilayotgan daromadlarni va investitsiyalarni diskontlashtirish bo`yicha hisob-kitoblarni to`g’ri amalga oshirishdan iboratdir. Ayniqsa, u yangi ochilayotgan va ish boshlayotgan korxona va firmalar uchun juda foydalidir. CHunki ular olgan qarzlaridan tezroq qutilib, daromadlarini yanada ko`paytirishi, va natijada mablag’ sarflashning eng foydali loyihalarini tanlash imkoniyatlarini yaratmoqlari zarur.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling