Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.O`quv-uslubiy materiallar 1-jadval Xalqaro kanallarda vositachilar
- Distrib’yutorlar
- Boshqa hamkorlar
- Baholash asosiy sohalari Mezon va koeffitsientlar
- Chakana savdo
- To`g’ridan-to`g’ri sotuvlar
- Keys yechimi varianti “FABERELIC” kompaniyasida mavjud vaziyat tahlili a) Sotuv bozori tahlili
2.O`quv-uslubiy materiallar 1-jadval Xalqaro kanallarda vositachilar
2-jadval Kanal bo`yicha xalqaro hamkorlarni tanlash uchun mezonlar namunalari
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchi tomon harakatlantirish usullari Bugungi kunda jahon amaliyotida tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchi tomon harakatlantirishning bir nechta usullari mavjud: Chakana savdo. Ushbu sotuv turida ulgurji vositachilar, omborlar, bazalar, magazinlar murakkab zanjiri ko`zda tutiladi – bunda zanjirdagi qatnashchilarning har biri tovar qiymatiga o`z foydasini kiritadi. Tovarlarni pochta orqali jo`natish. Kataloglar, TV-magazinlar, radio va gazeta reklamasi bo`yicha savdo, bunda xaridor uni qiziqtirayotgan mahsulotni telefon orqali yoki maxsus buyurtma formasini to`ldirib, buyurtma berishi mumkin. To`g’ridan-to`g’ri sotuvlar. Tovarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchi tomon harakatlantirishning bu usulida xaridor bilan shaxsiy muloqot ko`zda tutiladi va u quyidagi afzalliklarni beradi: mijoz ehtiyojlarini aniqlash imkoniyati; xaridorga to`liq axborot etkazish; individual yondashuv. Keys yechimi varianti “FABERELIC” kompaniyasida mavjud vaziyat tahlili a) Sotuv bozori tahlili Optimal sotuv tizimi quyidagi maqsadlarga erishishga ko`mak berishi lozim: korxonaning bozor ulushini oshirish va aylanmani maksimallash; korxonaning sotuv xarajatlarini minimallashtirish; tovar taqsimoti jarayonida ishtirok etadigan sotuv vositachilari sonini optimallash; marketing rejasi nazorat qilinishini ta`minlash; tanlab olingan sotuv kanali yuqori nufuzini yaratish va qo`llab-quvvatlash; korxonaning turli shakllarda kanal ichida uzoq muddatli aloqalar yaratishga turli shakllarda yordam berishga kooperatsion tayyorligini ta`minlash va shu bilan bir paytda moslashuvchanlini saqlab qolish. Ushbu marketing tadqiqotini o`tkazishdan maqsad parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari jahon va mahalliy bozorlarini tadqiq etish bo`lib, quyidagilarni aniqlash ko`zda tutilgan: bozor hajmi va xarakteri; potentsial iste`molchilarning geografik joylashuvi; umumiy sotuv hajmida asosiy raqobatchilarning tovarlari salmoi; uning strukturasiga ta`sir etadigan tashqi muhitning o`zgarish tendentsiyalari; turli segmentlarda sotuv hajmidagi farqlar. “FABERELIC” kompaniyasining asosiy muammosi sotuv hajmini oshirish va bozordagi o`z ulushini kengaytirish hisoblanadi. Hozirgi paytgacha Rossiya jahon parfyumeriya mahsulotlari sotuv bozorida teng huquqli hamkor hisoblanmagan. Bugungi kunda “FABERELIC” firmasi kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda sakkizinchi va mamlakatdagi etakchi o`rinlardan birini egallab turibdi. Ushbu mahsulotlar hajmining har yili o`sib borishi kuzatilayotgani sababli xulosa chiqarish mumkinki, chiqarilayotgan tovarlar barqaror talabga ega va o`zining boshlang’ich o`sish bosqichida turibdi. Firma mahsulotlari Rossiyada kosmetika ishlab chiqarishning 80%ini tashkil qiladi. Tayyor mahsulotni sotishda quyidagilarga intilish zarur: tayyor mahsulotni ichki bozorda sotishni ko`paytirish; o`z ishlab chiqarishi va kosmetika mahsulotlarini o`z sotuv tarmog’ida sotishni rivojlantirish; chet ellik hamkorlar bilan savdoni rivojlantirish; potentsial iste`molchilar uchun jlzibadorlikni va mahsulot sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati natijalaridan foydalanish. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling