Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda


Download 1.93 Mb.
bet21/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va vazifalarini bajaruvchi, o'zaro bog'langan turli boshqaruv organlari va bo'g'inlarining majmui tushuniladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv uslublaridan foydalaniladi:
1. Xo'jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo'lish.
2. Jamoa va uning har bir xodimi to'g'risida qayg'urish.
3. Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
4. Rahbaming yangilikni his etish qobiliyati.

Nazorat savollari:

1. Kichik biznes faoliyatini boshqarish xususiyatlari haqida gapirib bering.


2. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan ro`yhatga olish tartibi.
3. Respublikada korxonani barpo etish va uni ro`yhatdan utkazish tartibi.
4. Litsenziya berish soxasida davlat siyosati.
5. Respublikada tadbirkorlikni kreditlash tizimining rivojlanishi.


Test savollari:
1. Quyidagi qaysi hollarda tadbirkor mulkiy javobgarlikka tortiladi?
A. tadbirkor bankrot deb topilsa
B. tadbirkor qonunda man qilingan faoliyat bilan shug’ullansa
V. o`z mahsulotini begona ishlab chiqaruvchilar tovarining tashqi qiyofasi va bezaklari bilan ishlab chiqarganda
G. maxsus litsenziya talab qiladigan tadbirkorlik faoliyati bunday ruxsatnomasiz amalga oshirilsa

2. Quyidagi qaysi hollarda tadbirkor faoliyati sud orqali to`xtatiladi?


A. amaldagi qonunchilik buzilganda
B. bir necha marotaba ogohlantirishga va boshqa turdagi jazo turlari qo`llanilishiga qaramay qo`pol ravishda buzilsa
V. xususiy mulk egasi yoki boshqa sub`ektlarning huquqi paymol qilinganda
G. soliq va kredit majburiyatlari bajarilmaganda

3. Quyida qayd qilingan hujjatlarning qaysi biri tadbirkor maqomini olish uchun asos hisoblanadi?


A. tuman (shahar) hokimining ro`yhatdan o`tkazish haqidagi qarori nushasi (davlat va rus tillarda)
B. korxona Nizomi (davlat va rus tillarda)
V. soliq organlari, iqtisodiyot vazirligi organlari, ijtimoiy sug’urta fondi bo`linmalari, mehnat birjasi va xisobida qo`yilganlik haqidagi belgili anketa
G. korxonaning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi qaror

4. Quyida qayd qilingan organlarning qaysi biri tadbirkorlik faoliyatiga litsenziya berishi mumkin?


A. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
B. Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi
V. Moliya Vazirligi va Markaziy bank
G. hamma javoblar to`g’ri

5. Quyida qayd qilingan tadbirkorlik faoliyatining qaysi biriga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi litsenziya beradi?


A. qimmatbaho metallari va noyob er osti metallari bilan bog’liq faoliyatga
B. sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq faoliyatga
V. qimatli qog’ozlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq faoliyatga
G. farmokologik preparatlar ishlab chiqarish yoki sotish bilan bog’liq faoliyatga
6. Xoldinglar qaysi organning ruxsati bilan tashkil etiladi?
A. aksiyadorlarning ruxsati bilan
B. monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan
V. vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan
G. soliq qo`mitasining ruxsati bilan
7. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2005 yildagi 242 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to`g’risida”gi Nizomiga asosan ulgurji savdoga litsenziya berilganligi uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
A. eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida
B. eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida
V. eng kam oylik ish haqi miqdorida
G. davlat boji undirilmaydi

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling