Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
- Bu sahifa navigatsiya:
- «NESTLE» KOMPANIYASI – O`ZBEKISTON BOZORIDA SUT MAHSULOTLARI SIFATINI BAHOLASH
O`quv topshiriqlari
1-guruh 1. Jadvalda futbol o`yini chiptasining narxi va talab mi?dori berilgan. Talabning narx bo`yicha elastikligini toping va jadvalni tuldiring. Jadval.
3-guruh Quyida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ikkita (A va B) firmalarning strategiyalarini natijalari qolipi ko'rsatilgan. har bir firma 2 ta imkoniy strategiyaga ega (A - 1 va 2; B - I va II). Qolipdagi ko`rsatkichlar A firma uchun zarur summasini bildiradi.
a) A firmasi uchun dominantli strategiya qanday? b) B firmasi uchun dominantli strategiya qanday? v) Ushbu holatda qanday qaror muvozanatli bo`ladi? g) Muvozanatli qarorda A firmasi qanday zararlar keltiradi? d) Muvozanatli qarorda B firmasi qanday daromadlar oladi? 2-guruh 1. 3 ta investitsiya loyihasi mavjud: A. Xarajatlar 150 h ga teng. Kelgusidagi foyda - bir yilda 1 h ga teng. B. Xarajatlar 150 h ga teng. Kelgusidagi foyda - bir yilda 15 h ga teng. V. Xarajatlar 1000 h ga teng Kelgusidagi foyda - bir yilda 75 h ga teng. a) Har bir loyiha (A,B,V) uchun foyda normasini hisoblang. b) agar olingan kredit uchun kapital foizi darajasi 3 %, 7 % va 11% ga teng bo`lsa, unda A,B,V loyihalarni amalga oshirishda qanday foiz stavkasi darajasi foydali bo`ladi (V) yoki tadbirkorlar uchun foydali bo`lmaydi (N). Jadval
KEYS «NESTLE» KOMPANIYASI – O`ZBEKISTON BOZORIDA SUT MAHSULOTLARI SIFATINI BAHOLASH KirishBugungi kunda sut mahsulotlari bozori O`zbekistonda eng tez rivojlanayotgan bozor segmentlari qatoriga kiradi. Nafaqat iste`molchilar soni va pul tushumi hajmi bo`yicha, balki yangi assortiment turlari bo`yicha ham. Sut mahsulotlari O`zbekiston bozorining istiqbolga egaligi 2000 yil mamlakat bozoriga SHveytsariyaning yirik «Nestle» kompaniyasi, shuningdek, qator Rossiyalik kompaniyalar kirib kelishidan ham ko`rinib turibdi. Jahon standartidagi yangi texnologiyalarni qo`llash sut mahsulotlari bozori rivojlanishining muhim omiliga aylandi va bu sut mahsulotlariga talabning o`sishiga olib keldi. Xususan, sut mahsulotlari potentsial iste`molchilari o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra respublika aholisining 85,7%i sut mahsulotlarini iste`mol qilar ekan. SHundan 40%i sut mahsulotlarini qadoqlangan holda, 45,7%i esa sut sotuvchilardan xarid qiladi. Buning sababi qilib tashqi muhitning ko`plab omillari ta`siridan tashqari sut mahsulotlari sifatini ham ko`rsatish mumkin. O`z navbatida, bu mahsulotning bozorda raqobatbardoshligini ta`minlash maqsadida mahsulot sifatini aniqlashning ahamiyati o`sishiga xizmat qiladi. Mahsulot sifatini aniqlash kompaniya mahsulotlariga xos bo`lgan xususiyatlarga ta`sir etuvchi eng ko`p ta`sir etuvchi xususiyatlariga asoslangan. Tahlil natijalari kompaniyalarga mahsulot sifatini oshirish bo`yicha harakatlarni rejalashtirish imkonini beradi. SHu munosabat bilan taqdim etilayotgan keys ahamiyatli hisoblanadi. Keysning maqsadi kompaniya mahsulotlari sifatini tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda asoslangan qaror qabul qilish ko`nikmalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Taklif etilgan keys quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: mahsulot sifatini tahlil qilish ko`nikmalariga ega bo`lish; mahsulot sifatini tahlil qilish va baholash bo`yicha ish natijalarini umumlashtirish qobiliyatiga ega bo`lish; organoleptik usulni qo`llash asosida mahsulot sifatini baholashni o`tkazish ko`nikmasini ishlab chiqish; mustaqil qaror qabul qilish ko`nikmalarini egallash. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling