Ijtimoiy adaptasiya


Download 39.26 Kb.
bet15/16
Sana09.04.2023
Hajmi39.26 Kb.
#1347340
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ijtimoiy adapta-WPS Office

PROFESSIONALIZM..Shaxsning muayyan bir kasbda rivojlanishi jarayonipsixologiyada professionalizatsiya deyiladi. Professionalizatsiya yaxlit jarayon bo‘lib, kasb tanlashdan boshlab shaxsning butun umrini qamrab oladi. Professionalizatsiyaning to‘rt bosqichi mavjud: 1) kasbni izlash va kasb tanlash; 2) kasbni o‘zlashtirish; 3) ijtimoiy va kasbiy adaptatsiya; 4) kasbiy faoliyatni amalga oshirish. Ushbu bosqichlarning har birida faoliyat mexanizmi determinatlari va maqsadlari o‘zgarib turadi. Masalan, agar dastlabki bosqichda sub’ekt kasbni o‘zlashtirishni unga qo‘yiladigan talablarni o‘rganishni maqsad qilib olsa, keyingi bosqichlarda uning maqsadi va sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Demak, shaxsning faoliyatda rivojlanishi muayyan kasbni o‘zlashtirishdan boshlanib, aniq bir faoliyatni mustaqil bajarish bosqichi bilan yakunlanadi. Psixologiyada shaxs taraqqiyotida faoliyatning o‘rni ko‘p bora tadqiq etilgan. Qolaversa, faoliyat insonning ijtimoiy muhitda mavjudligi ifodasi, dunyoni anglashning o‘ziga xos tomonidir. Inson va mehnat munosabatlari shaxsdagi muayyan individual xususiyatlarni psixologik xususiyatlarni, psixik jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Bu esa shaxs faoliyati munosabatlar tizimining еtarlicha dinamik xarakteriga egaligini anglatadi. Shaxs va kasbiy faoliyat tuzilishining o‘zaro ta’siri va o‘zaro munosabati, mutaxassis shaxsining shakllanishi, professionalizatsiya muammosi Ye.A.Klimov, T.V.Kudryasev, Yu.P.Povarenkov, O.G.Noskova, N.S.Pryajnikov, Ye.Yu.Pryajnikova va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqotlarga B.G.Ananev, K.A.Abulxanova-Slavskaya, A.I.Ansiferova, B.F.Lomovlarning shaxs va faoliyatning o‘zaro aloqasi, shaxsning hayot yo‘lida rivojlanishi, qiyin vaziyatlarda insonning rivojlanishi haqidagi qarashlari nazariy asos qilib olingan. Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanish muammosini o‘rganishda eng avvalo shaxs psixologik hayot dinamikasiga asoslaniladi. Masalan, L.I.Ansifirovaning yozishicha, dinamik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti shaxsning o‘z xususiyatlari, yoshi, o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitdagi “harakati” dir. Ushbu yondashuvning maqsadi shaxsdan sifat o‘zgarishlarni taraqqiyotdagi progressiv yoki regressiv tendensiya shakllari, shaxs transformatsiyasi sabablarini o‘rganishdir. Aynan mana shu jihati bilan inson funksional-energetik o‘zgarishlarni o‘rganadigan konsepsiyalardan farqlanadi. Professionalizm – inson mehnat faoliyatining integral psixologik tavsifi bo‘lib, uning kasbni qanday o‘zlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Professionalizm o‘z ichiga kishining yuqori darajadagi mehnat samaradorligiga erishishi, boshqalar bilan o‘zaro ta’sir jarayonida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajara olishi, mehnat kishisiga xos bo‘lgan muhim kasbiy sifatlarning mavjudligini qamrab oladi. Shuning uchun ham professionalizm mehnat faoliyatining uchta tomonini – kasbiy faoliyat, kasbiy muloqot va mutaxassis shaxsini o‘z ichiga oladi.



Download 39.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling