Ijtimoiy adaptasiya
PROFESSIONAL TANLOV TUSHUNCHASI
Download 39.26 Kb.
|
Ijtimoiy adapta-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOTIVATSIYANI O’ZGARTIRISH YO’LLARI-REORITANSIYA
PROFESSIONAL TANLOV TUSHUNCHASI.Koʻpincha faoliyat muvaffaqiyatini prognozlash insonning u yoki bu faoliyatga toʻgʻri kelishi psixologik tanlov oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiriladi. Psixologik tanlov professional tanlovning komponentlaridan biri boʻlib, u oʻz ichiga tibbiy, ta’lim, bilim darajasi boʻyicha tanlovlarni oladi. Aniq faoliyat turida inson qobilyatlarni son va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha baholash eng oddiy, ammo unchalik mukammal boʻlmagan usuldir. Psixologik tanlov shundayki,bugungi qabul qilgan qarorlarimiz kelajakdagi tanlovlarimiz uchun asos boʻlishi mumkin. Tanlov maqsadlari - bu malaka professionalizmining oʻsishini tezlatish boshqaruvli mehnat sermaxsulligi, ijodiy tashabbuskorlikning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq toʻlashni differensiatsiya yoʻli bilan ishchilarni ijtimoiy himoyalash kabilardir. Mutaxassisning egallab turgan lavozimi va talab etayotgan malaka toifasiga mosligini oʻrganish, ishchini kelgusidagi kasbiy malakalari oʻsishiga imkon beradi. Shuningdek, tanlovning noxush masalaridan biri - shtatlarni qisqartirish, rahbarni ishi qoniqtirmaydigan ishchilardan qutilishi. Kasbiy tanlov tashkilotda ma’lum tanglikni yaratadi chunki, u sub’yektiv va xato boʻlishi mumkin boʻlgan baholash jarayonlari bilan bogʻliq. Psixologik tanlovning yana shunday xususiyati borki, tanlanayotgan ob’yektlar orasida biri boshqalaridan nimasi bilandir ustunlik qilsa oʻsha ob’yektni tanlanish ehtimolligi koʻproq boʻladi. Yaqinda, Chikago universiteti talabalari tomonidan psixologik tadqiqot oʻtkazilgan. Qatnashuvchilar ikki guruhga ajratilgan va guruhlardan ikkita dam olish joyidan birini tanlash soʻralgan. Birinchi guruhga tanlash oson boʻldi. Chunki, ularga joylardan biri dengiz boʻyida joylashganligi aytilgan edi. Ikkinchi guruh bu borada qiynaldi, sababi ularga hech narsa aytilmadi va tanlash i teng edi.
MOTIVATSIYANI O’ZGARTIRISH YO’LLARI-REORITANSIYA.Motivatsiya – inson hulq – atvori, uning bog‘lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi. Reorientatsiya bu- Qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik (gumanistik) gʻoyasida oʻz kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon. Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchili (ayanchli) his – tuygʻular qobigʻida oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uygʻunlashganday yuz beradi. Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi. Qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik (gumanistik) gʻoyani kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi Download 39.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling