Ijtimoiy adaptasiya


Download 39.26 Kb.
bet12/16
Sana09.04.2023
Hajmi39.26 Kb.
#1347340
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ijtimoiy adapta-WPS Office

KASBIY TARAQQIYOT.Oʻtmish tajribasi kasbiy rivojlanish interpritatsiyasi, oʻzini namoyon etish ehtiyoji, kasbiy hayotdan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi. Anglangan yoki anglanmagan holda shaxs kasbiy oʻsish istiqbollarining yoʻqligidan shaxs psixik jiqatdan qiynaladi, kasbni almashtirish toʻgʻrisida fikrlar paydo boʻla boshlaydi. Kasbiy oʻsish inqirozlari faoliyatning nokasbiy hordiq kabi turlari maishiy tashvishlar yoki kasbdan ketish yoʻllari bilan hal etilishi mumkin. Ammo bu yoʻllar sermahsul hisoblanmaydi. 4) Mutaxassisning keyingi kasbiy rivojlanishi uning ikkilamchi professionalizatsiyasiga olib keladi. Bu bosqichning xususiyati faoliyatni yuqori sifatli bajarishdadir. Mutaxassis oʻz kasbini ustasi ya’ni professional boʻla boshlaydi. Kasbiy oʻsish kareriga extiyoj sezadi, istalgan karera (lavozimning oʻsishi) va uning real istiqbollari oʻrtasidagi ziddiyat kasbiy karera inqirozlarini keltirib chiqaradi. Bunda quyidagi krizisdan chiqish yoʻllari uchrashi mumkin: ishdan boʻshash, unga kasb doirasida yangi mutaxassislikni egallash, yuqori lavozimga oʻtishdan iborat. Inqirozni engishning eng toʻgʻri varianti mahorat bosqichiga oʻtish, ya’ni kasbiy shakllanishning yangi bosqichiga oʻtish bilan belgilanadi. 5) Mahorat bosqichi kasbiy faoliyatni ijodiy va innavatsion darajada bajarish demakdir. SHaxsning keyingi kasbiy rivojlanishni ta’minlab beruvchi omil sifatida uning oʻzini namoyon eta olishida koʻzga tashlanadi. 6) Keyingi kasbiy rivojlanishning normativ inqirozi kasbiy hayotdan ketish bilan bogʻliq. Ma’lum yoshga etgach, inson nafaqaga chiqadi. Nafaqa oldi davri koʻp ishchilar uchun inqirozli xarakterga ega boʻladi. Bu yangi ijtimoiy rol va xulqni egallash zaruriyati bilan boqliq. Nafaqaga chiqish ijtimoiy kasbiy faoliyat va aloqalarning torayishini bildiradi. 7) Nafaqaga chiqishdan soʻng ijtimoiy psixologik qarish davri boshlanadi. Bu bosqich intellektual jarayonlarning susayishi, emotsional kechinmalarning oshishi va pasayish bilan belgilanadi. Psixik faoliyat tempi pasayadi, yangiliklarga nisbatan ishonqiramaslik bilan qarash kuzatiladi. Shuningdek, yoshlar xulqini muhokama etish, oʻzini avlodini hozirgi kun avlodlarini vakillariga taqqoslash bilan belgilanadi. Omadsiz hayot, oʻlimdan qoʻrqish salomatligiga imkoniyat qilish,yaqin qarindoshlaridan imkoniyat qilish kabi noxushliklarga olib keladi.

Download 39.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling