Ijtimoiy antropologiya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- asoslari va xuquq ta’limii” kafedrasi mudiri f.f.n O. Mamatov
- Kafedra mudiri: NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri t.f.n N. G’ofurov
Tuzuvchi: NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchi Q. Maxkamov Taqrizchi: NamDU “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limii” kafedrasi mudiri f.f.n O. Mamatov Ushbu amaliy mashg’ulotlar uchun ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy qo’llanma NamDU «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasining umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya qilingan. 2019 yil ___ avgustdagi 1 – sonli majlis bayoni Kafedra mudiri: NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri t.f.n N. G’ofurov So’z boshi. Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo’g’inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi: ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, bilan bir ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash masalalariga aloxida e’tibor qaratilgan. 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab – quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5106 sonli farmoni 2017 yil 28 iyulda qabul qilingan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Ushbu fan milliy-madaniy makon hamda sotsial soha muassasalarini sotsial-loyihaviy ob’ekt sifatida turli milliy, jinsiy, yosh bilan bog‘liq va ijtimoiy-sinfiy guruhlarning o‘ziga xos yashash xususiyatlarini ochib beradi. Jamiyat taraqqiyoti va barqarorlikni ta’minlashda aloxida o‘rin egallaydi. Ijtimoiy antropologiya jamiyatning sotsial negizi, tarkibiy qismlari, sotsioantropologik qonunlar va kategoriyalar, sotsiomadaniy xodisa va jarayonlarning moxiyati, soxaga oid tizim va ularning amal qilish qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud ijtimoiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lish, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining moxiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilai ta’minlaydi. “Ijtimony antropologiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, birinchi kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Ijtimoiy antropologiya” fani sotsiologiya va psixologiya fanlar turkumiga kiradi va gumanitar yo‘nalishlardagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qigiladi. Mazkur fan boshqa ijtimoiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi sotsiologiyaga oid bilim soxasidagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling