Ijtimoiy antropologiya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
3. Xulosa qismi.
3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi. 3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat). Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi. Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko’tarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti bo’yicha tadqiqot predmeti bo’ladigan bir necha yo’nalishlar bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni echish yo’llari bo’yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o’tkazish usullari va shakllariga ta’rif beriladi. Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob’ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o’lchov chegarasiga ega bo’ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo’lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob’ektining qanday bo’lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob’ekting unchalik katta bo’lmasa, sotsiologik jihatdan uni to’laligicha qamrab olish imkoniyati bo’lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olinishi mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob’ektini to’laligicha qamrab olish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart. Ilmiy muammo ob’ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat yo’nalishini ochib beradi. Ular: 1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish. 2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish. 3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling