Ijtimoiy antropologiya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana02.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1146972
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
Ijtimoiy antropologiya

Munozara uchun savollar. 
1. Shaxs nima? 
2. Individualizatsiya tushunchasi? 
3. Qadriyat nima? 
Adabiyotlar. 
11. 
1. 
Belik A.A. Kulturnaya(sotsialnaya)antropologiya. – M., 2009. 
12. 
Pugachenkova 
G. 
Buduhee 
nachinaetsya 
vchera 
G’G’ 
Obhestvennoe mnenie. Prava cheloveka. 1998. №4. 
13. 
Shpengler O. Zakat Evropo’: Ocherki morfologii mirovoy istorii. – 
M.: Mo’sl, 1993 
6. 
Levi-Stros K. Pervobo’tnoe mo’shlenie. – M.: Respublika, 1994 
14. 
Mamajonova M. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda 
madaniy merosning ahamiyati. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. 2002. № 1. 
Elektron resurslar. 
http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm  
http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html  
http:G’G’www.nir.ruG’socioG’scipublG’socjour.htm
http:G’G’win.www.nir.ruG’socioG’scipublG’sjG’97-4.htm  
 


15-mavzu: Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar (2 soat) 
Reja: 
1.F.Teylor va J.Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va 
ularning umumiy tavsifi.
2. Dinning hissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari.
3.Dinny arxitektura. 
F.Teylor va Dj. Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va ularning 
umumiy tavsifi. Dinning xissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari. 
Diniy arxitektura. 
Mustaqil Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1998 yilda bo’lib 
o’tgan bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan suhbatida, har qanday tsivilizatsiya 
ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, ellatlar faoliyatining va samarali ta’sirining 
maxsulidir» -deb ta’kidlar ekan, «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz, 
o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak» degan muhim 
masalani o’rtaga qo’ydi. 
Har qanday xalqning kelib chiqishi (etnogenezi) murakkab va dolzarb 
muammo bo’lib, umum tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog’liqdir. 
Shu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi to’g’risidagi masala 
alohida fan sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o’zida qator 
ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fanining 
yuzaga kelishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. 
Tarix, arxeologiya, tilshunoslik, toponomiya, etnografiya kabi fanlarning 
jahon miqiyosida qo’lga kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr 
mulohazalari va xulosalarini mensimay, tor millatchilik doirasidan chiqa olmay 
muloxaza yuriti nafaqat fanda, balki siyosatda ham eng katta zararli xolatlarga 
olib kelishi mumkin. Shu sababli ham o’zbek, tojik, turkman, kirgiz va boshqa 
Markaziy Osiyo elat va xalqlarning etnogenezi, ya’ni kelib chiqishi 
muammolarini faqat jaxon fani yutuqlariga tayangan xolda to’g’ri, ob’ektiv va 
xolisona xalq etish mumkin. 
O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda murakkabva juda 
uzoq tarixga ega bo’lgan jarayondir. Bu soxada fan xozirgi kunga qadar ma’lum 
yutuqlarga erishgan. Xususan, Farg’ona vodiysidagi Selung’ur va 
Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari 
O’zbekistonda, Afrika va Old Osiyo xududlari bilan bir qatorda, xozirgi zamon 
odamlarining paydo bo’lishi jarayoni yuz bergan xudud tarkibiga kirishi fanda 
uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo, 
jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan xududga 
kiradi», degan fikrning ilmiy asossizligini antropologik ma’lumotlar tasdiqladi. 
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya’ni eng 
qadimgi davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibiga hozirgi kunga qadar 
saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan 
davri va uning nisbiy miqdori to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz. 
Keyingi davrda o’tkazilgan tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda, jumladan 
xozirgi O’zbekiston xududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan 
evropeoid irqining janubiy yoki O’rta Er dengizi pushtiga yaqin ekanligi 


isbotlangan. O’zbeklarning janubiy evropeoid irqining o’ziga xos pushti ekanligi 
janubiy O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste 
davriga oid paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali 
isbotlash mumkin. Mazkur irqqa o’xshash tiplarning O’rta Er dengizi, Old va 
Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir. 
Surxandaryo va Farg’ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol 
va buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari, 
ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, olovdan keng foydalanganliklari 
to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi. 
Demak, arxeologik va poleantropologik tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy-
madaniy va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat 
taraqqiyotining eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan. 
Balki paleolit davrida Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela 
boshlagan va keyinchalik ovchi va terimchi qabilalarning ko’chish jarayoni 
davom qilib turgandir. Bunga Machoy g’oridan topilgan mezolit (eramizdan 
avvalgi UP-U! ming yilliklar) davriga oid odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p 
moddiy buyumlar dalil bo’ladi. 
Bu makondagi madaniy qatlamlarga o’xshash topilmalar Toshkent 
voxasida, Turkistonda Janubiy Kozog’iston va OlD Osiyo mamlakatlaridagi 
mezolit obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik 
tadqiqotlar mazkur makonlarda yashagan axoli evropeoid irqiga mansub 
ekanligini tasdiqlagan. Topilmalar Markaziy Osiyo axolisining eng qadimiy 
davrlardan qo’shni elatlar, ayniqsa davrlardan janubiy va g’arbiy qabilalar bilan 
aloqada bo’lganligini isbotlaydi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling