Ijtimoiy antropologiya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron resurslar. http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html
- O‘zlikni anglash jarayonlari. 2. Fenomenologiya nazariyalari (E.Kassirer, M.Sheller, X.Plesner, X.Ortega-i-Gasset, E.Fink). 3.
- O‘zbekchilik. Sotsial identiklik. O‘zlikni anglashning sotsiologik talqini.
Munozara uchun savollar. 1. G’arblashtirish deganda nimani tushunasiz? 2. Majburiy assimilyatsiya nima? Adabiyotlar. 1. 1. Belik A.A. Kulturnaya(sotsialnaya)antropologiya. – M., 2009. 2. Madaniy va ma’rifiy ishlar. Lug’at. T., 1996. 3. Ionin L.G. Sotsiologiya kulturo’. M., Logos, 1996 4. Rudnev V.P. Slovar kulturo’ XX veka. – M.,1997 5. Arapov A. Istoriya i kultura G’G’ Obhestvennoe mnenie. Prava cheloveka. 1998. №4. 6. Girtts K. Interpretatsiya kultur. – M.:2004. Elektron resurslar. http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html http:G’G’www.cep.tomsk.ruG’sir1.html 14-mavzu: O‘zlikni anglash va milliy munosabatlar. (2 soat) Reja: 1. O‘zlikni anglash jarayonlari. 2. Fenomenologiya nazariyalari (E.Kassirer, M.Sheller, X.Plesner, X.Ortega-i-Gasset, E.Fink). 3. Milliy mentalitet va stereotiplar. Sotsial xarakter (E.Fromm, D.Rismen, K.Yung), mentalitet tasnifi (B.Katl). 4. O‘zbekchilik. Sotsial identiklik. O‘zlikni anglashning sotsiologik talqini. Etnologiya, nomidan ham ko’rinib turganiday, bu "xalqlar" to’g’risidagi fan. Xalqlar yoki etnik guruhlar bir-birlaridan irqiy belgilar, til va madaniyat bo’yicha farqlanadilar va xuddi shular bo’yicha umumiylikka ham egadirlar. Etnolog xalqlarni mana shu umumiylik va tafovutlar asosida tasnif qiladilar, ya’ni u irqiy, lingvistik va madaniy tasniflar bilan ish yuritadi. Bundan tashqari u turli usullar yordamida tarixiy o’tmishda xalqlarning ko’chib yurishlari, o’zaro ta’siri va rivojlanishi to’g’risida bilim olishga harakat qiladi. Bilimdon etnolog jismoniy antropologiya, lingvistika va ijtimoiy antropologiya bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lishi kerakligi aniq va ravshan. Etnologiyaga oid adabiyotlar notanqidiy spekulyativ mulohazalar bilan to’ldirib- toshirib yuboradi. Braxitsefaliya va dolixotsefaliya to’g’risida shaddot fikr yuritayotgan, biroq bosh miya chanog’i tuzulishidagi murakkabliklardan mutlaqo bexabar bo’lgan muallif bizga inson paydo bo’lgan davrdan boshlab yuz bergan migratsiya va rivojlanishlar tavsifini taqdim qiladi. Lingvistikadan mutlaqo bexabar bo’lgan boshqa yana bittasi unchalik sifatli bo’lmagan lug’atlardan tanlab olingan bir necha so’zlarning o’xshashligi asosida mutlaqo turlicha bo’lgan tillarning qardoshligini isbotlamoqchi bo’ladi. Ijtimoiy antropologiyadan xabarsiz va shuning oqibatida totemizm va ekzogamiya singari ijtimoiy institutlarning mohiyati masalasida mutlaqo nodon bo’lgan uchinchisi bizni butun dunyoda bu institutlarni dunyo bo’ylab oltin, brilliant va kauri chig’anoqlarini izlab tentirab yurgan misrliklar tomonidan kiritilganiga ishontirmoqchi bo’ladi. Tarixgacha bo’lgan davr arxeologiyasi aslida tarixdan avvalgi davr xalqlarini ularning qoldiqlari, manzilgohlarining qoldiqlari, suyaklari, ular tayyorlagan va ishlatgan qurollari bo’yicha o’rganadigan etnologiyaning kichik turi (paleoetnologiya)dir. Arxeolog ana shu yo’qolib ketgan xalqlarning tili va ijtimoiy institutlari to’g’risida hech qanday qoldiqlarni uchratmasligi sababli uning tadqiqotlari uchun lingvistika yoki ijtimoiy antropologiyani bilish shart emas. Boshqa tomondan esa, u geologiya va topografikani muayyan darajada bilishi lozim. Etnologiya va antropologiyaning uzviy aloqada ish tutishi oliy darajada muhimdir. Chunki ular bitta faning ikki turli bo’limlaridir. Alohida til yoki tillar guruhini o’rganishdan farqli tarzda umuman tilni tizimli o’rganadigan lingvistika AQShda antropologiyaning bir bo’limi hisoblanadi. Angliyada bu fan hozircha rasmiy e’tirof etilgani yo’q, bundan Londondagi Sharq (va Afrika) tadqiqotlari maktabi istisno. Lingvistika bo’yicha ixtismoslashmoqchi bo’lgan talaba uchun jismoniy antropologiya va tarixgacha davr arxeologiyasining har bir ma’lumotli odamdan ko’ra ko’proq hajmda bilish shart emas. Boshqa tomondan lingvistika etnologiya va ijtimoiy antropologiya bilan uzviy bog’langan. Masalan, oliy xalqlarning etnologik muammosi faqatgina arxeologik, irqiy va madaniy muammogina bo’lib qolmay, ulardan kam bo’lmagan darajadagi lingvistik muammo hamdir. Mana nihoyat biz ijtimoiy antropologiyaga ham etib keldik. Bu ijtimoiy institutlar: huquq, din, siyosiy va iqtisodiy tashkilot va h.k. to’g’risidagi umumiy nazariy fan. Ijtimoiy antropolog o’zining o’rganish sohasida jismoniy antropologiya ma’lumotlaridan foydalanmaydi. Agar qachonlardir irqiy (ya’ni bioloshk irsiy) sifatlar ijtimoiy institutlar va ularning rivojiga ta’sir o’tkazishi isbotlansa, unda mana shu faktni ham u tegishli tarzda hisobga olishi kerak bo’ladi. Tarixgacha davr arxeologiyasi ijtimoiy antropologiyaga din, huquq, qarindoshlik yoki iqtisodiy tizimlarni qiyosiy o’rganish bo’limlari singari ma’lumotlarni bera olmaydi. U shuningdek, texnologiya, u ijtimoiy antropologiyaga kiritiladigan tarzda, ya’ni texnik ko’nikmalar tizimi va yaxlit ijtimoiy tizimning boshqa bo’laklari o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlash ma’nosida biror bir sezilarli yordam ko’rsata olmaydi. Ijtimoiy antropolog tarixgacha davr arxeologiyasining umumiy xulosalari bilan tanish bo’lishi kerakligi aniq va ravshan, biroq arxeologik tadqiqotning metodlari va tafsilotlari uning uchun alohida foyda keltira olmaydi.Ko’pincha ijtimoiy antropologiya va etnologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’rtasida chalkashliklar vujudga keladi. Ular faqatgina muayyan darajada aynan bir xil faktlar bilan ish ko’radilar. Biroq ular bu faktlarga mutlaqo turlicha yondashadilar. Etnologiya uchun Amerika hindularining ajdodlari qachon va qanday qilib Amerika qit’asiga kelib qolganini va evropaliklar ular bilan dastlabki muloqotga kirishganda ko’zga tashlangan ulardagi irqiy, til va madaniyatdagi o’ziga xosliklar qanday paydo bo’lgani va rivojlangani haqidagi masala tipik muammo hisoblanadi. Ijtimoiy antropologiya uchun, o’z navbatida, "huquqning mohiyati nima?" singari muammo tipik hisoblanadi. Etnolog va ijtimoiy antropolog aynan bitta Amerika hindulari qabilasini o’rganishlari mumkin, biroq ulardan biri mana shu qabilaning qit’adaG’yashayotgan xalqlar umumiy manzarasida tutgan o’rni bilan qiziqsa, ikkinchisi bu qabila qanday qilib urf-odatlarning buzilishiga qarshilik ko’rsatishi va bundan huquqning umumiy nazariyasi va funktsiyasi uchun handay xulosa chiqishini bilishga qiziqadi. Etnologiya ham, ijtimoiy antropologiya ham dala tadqiqotlariga ehtiyoj sezganlari uchun mehnatni tejash nuqtai nazaridan dala tadqiqotchisi ayni bir paytning o’zida ham etnolog uchun, ham ijtimoiy antropolog uchun maxsus materiallarni to’plash maqsadga muvofiq bo’lardi. Ba’zi dala tadqiqotlarida aynan shunday qilindi ham. Biroq ijtimoiy antropologiya dala tadqiqotidan shunchaki tavsifni talab qilmaydi; shuningdek, u nazariy tahlilni ham talab etadi. Etnologiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan ajoyib tuyuladigan sonsiz-sanoqsiz etnografiya risolalari mavjud, biroq ulardan foydalanishni istaydigan ijtimoiy antropologiya uchun bu tadqiqotlar juda qoniqarsiz. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling