Ijtimoiy antropologiya
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy antropologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron resurslar. http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html
- 15-mavzu: Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar (2 soat) Reja: 1.F.Teylor va J.Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va
Munozara uchun savollar.
1. Shaxs nima? 2. Individualizatsiya tushunchasi? 3. Qadriyat nima? Adabiyotlar. 11. 1. Belik A.A. Kulturnaya(sotsialnaya)antropologiya. – M., 2009. 12. Pugachenkova G. Buduhee nachinaetsya vchera G’G’ Obhestvennoe mnenie. Prava cheloveka. 1998. №4. 13. Shpengler O. Zakat Evropo’: Ocherki morfologii mirovoy istorii. – M.: Mo’sl, 1993 6. Levi-Stros K. Pervobo’tnoe mo’shlenie. – M.: Respublika, 1994 14. Mamajonova M. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniy merosning ahamiyati. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. 2002. № 1. Elektron resurslar. http:G’G’www.isea.ruG’russianG’structureG’acadG’philG’kursG’phil04.htm http:G’G’scvr.sarnode.ruG’eduG’distG’socio_workG’market.html http:G’G’www.nir.ruG’socioG’scipublG’socjour.htm http:G’G’win.www.nir.ruG’socioG’scipublG’sjG’97-4.htm 15-mavzu: Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar (2 soat) Reja: 1.F.Teylor va J.Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va ularning umumiy tavsifi. 2. Dinning hissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari. 3.Dinny arxitektura. F.Teylor va Dj. Freyzerning din antropologiyasi nazariyalari va ularning umumiy tavsifi. Dinning xissiy-emotsional va ijtimoiy-psixologik jihatlari. Diniy arxitektura. Mustaqil Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1998 yilda bo’lib o’tgan bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan suhbatida, har qanday tsivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, ellatlar faoliyatining va samarali ta’sirining maxsulidir» -deb ta’kidlar ekan, «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz, o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak» degan muhim masalani o’rtaga qo’ydi. Har qanday xalqning kelib chiqishi (etnogenezi) murakkab va dolzarb muammo bo’lib, umum tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi to’g’risidagi masala alohida fan sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o’zida qator ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fanining yuzaga kelishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Tarix, arxeologiya, tilshunoslik, toponomiya, etnografiya kabi fanlarning jahon miqiyosida qo’lga kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr mulohazalari va xulosalarini mensimay, tor millatchilik doirasidan chiqa olmay muloxaza yuriti nafaqat fanda, balki siyosatda ham eng katta zararli xolatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli ham o’zbek, tojik, turkman, kirgiz va boshqa Markaziy Osiyo elat va xalqlarning etnogenezi, ya’ni kelib chiqishi muammolarini faqat jaxon fani yutuqlariga tayangan xolda to’g’ri, ob’ektiv va xolisona xalq etish mumkin. O’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda murakkabva juda uzoq tarixga ega bo’lgan jarayondir. Bu soxada fan xozirgi kunga qadar ma’lum yutuqlarga erishgan. Xususan, Farg’ona vodiysidagi Selung’ur va Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari O’zbekistonda, Afrika va Old Osiyo xududlari bilan bir qatorda, xozirgi zamon odamlarining paydo bo’lishi jarayoni yuz bergan xudud tarkibiga kirishi fanda uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan xududga kiradi», degan fikrning ilmiy asossizligini antropologik ma’lumotlar tasdiqladi. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganish qancha uzoq ya’ni eng qadimgi davrlardan boshlansa, shunchalik uning tarkibiga hozirgi kunga qadar saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to’g’risida kengroq fikrga ega bo’lamiz. Keyingi davrda o’tkazilgan tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda, jumladan xozirgi O’zbekiston xududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan evropeoid irqining janubiy yoki O’rta Er dengizi pushtiga yaqin ekanligi isbotlangan. O’zbeklarning janubiy evropeoid irqining o’ziga xos pushti ekanligi janubiy O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin. Mazkur irqqa o’xshash tiplarning O’rta Er dengizi, Old va Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir. Surxandaryo va Farg’ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol va buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari, ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, olovdan keng foydalanganliklari to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi. Demak, arxeologik va poleantropologik tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy- madaniy va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat taraqqiyotining eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan. Balki paleolit davrida Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela boshlagan va keyinchalik ovchi va terimchi qabilalarning ko’chish jarayoni davom qilib turgandir. Bunga Machoy g’oridan topilgan mezolit (eramizdan avvalgi UP-U! ming yilliklar) davriga oid odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p moddiy buyumlar dalil bo’ladi. Bu makondagi madaniy qatlamlarga o’xshash topilmalar Toshkent voxasida, Turkistonda Janubiy Kozog’iston va OlD Osiyo mamlakatlaridagi mezolit obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik tadqiqotlar mazkur makonlarda yashagan axoli evropeoid irqiga mansub ekanligini tasdiqlagan. Topilmalar Markaziy Osiyo axolisining eng qadimiy davrlardan qo’shni elatlar, ayniqsa davrlardan janubiy va g’arbiy qabilalar bilan aloqada bo’lganligini isbotlaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling