Ijtimoiy fanlar fakulteti 319-guruh talabasi


Download 170 Kb.
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1622455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Chirchiq davlat pedagogika instituti


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
319-GURUh TALABASI _______________________________________
______________________________________ FANIDAN

MAVZU: 4-SINFDA FE’LLARNING SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI BILAN TUSLANISHI MAVZUSINI O‘RGANISH


BAJARDI: ________________________
ILMIY RAHBAR: ________________________

Termiz-2023


Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:


I bob. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi.



  1. 1.Fe’lni o’rganishning asosiy vazifalari.

1.2.Fe’lni izchil o’rganish.


II bob. “Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi”ni o’rganish metodikasi.

2.1.Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi.


2.2.O’quvchilarning shaxs-son haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Hozirda Respublikamiz ta’lim sohasidagi asosiy mavzulardan biri o’quvchilarga bilim berishda yangi usullarni topish o’rganish va buni ta’lim jarayonida samarali qo’llash. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad respublikamiz ta’lim sohasini yanada yaxshilash va shu qatorda bilim oluvchilar bilim samaradorligini yaxshilash. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida dars berish ana shunday metodlardan biridir.
O’quv materialini ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida o’rganish metodlari bilish foydaliligini oshiradi, ularga hamma narsani bilishga qiziqish va havas tug’iladi. Ammo darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanish yakkayu – yagona maqsad emas. Ular o’quv vazifasini talab qilingan taqdirda qo’llanishi mumkin.
Bugungi kunda ona tili kursining o’zagini qayta qurish ishlari davom etmoqda. Bundan maqsad boshlang’ich sinf o’quvchilariga beriladigan ta’limning mazmunini ona tili fanining mazmuni bilan yaqinlashtirish, ona tili o’qitishning nazariy darajasini olishdir. Boshlang’ich ona tili kursini o’qitishda metodika fani oldida yangi muammolar bilan bir qatorda eski muammolarni yangicha mazmunda yechish turibdi. “Fe’l” so’z turkumini o’rganish o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’rganiladi. Dastur bo’yicha 1 – sinfda so’zlarning ma’nosiga 23 soat ajratilgan. 2 – sinfda “fe’l” mavzusiga 54 soat ajratilgan. 3 – sinfda “Fe’l” so’z turkumi sifatida o’rganilib jami (64 soat) ajratilgan. 4 –sinfda “Fe’l” mavzusiga jami (28 soat) ajratilgan. Ko’rinib turibdiki “Fe’l” mavzusini o’rganish 3 – 4 sinflarda hiyla murakkab, shuning uchun biz 4 –sinf o’quvchilarini shu so’z turkumining muhim jihatlari bilan tanishtiramiz.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling