Ijtimoiy fanlar fakulteti konstitutsiyaviy huquq fanidan


II-BOB MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLARNING MAZMUN MOHIYATI


Download 40.12 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi40.12 Kb.
#1558001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi 3 (2)

II-BOB MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLARNING MAZMUN MOHIYATI
2.1 Madaniy huquqlar
Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning madaniy hamda ilmiy sohada o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson huquqlari va erkinliklarining maxsus majmuidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar kafolatlangan:
- shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi (41-modda);
- mehnat va dam olish huquqi (42-45-moddalar);
- ijtimoiy ta'minot olish huquqi (46-modda);
- malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (48-modda);
- bilim olish huquqi (51-modda);
- ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish erkinligi (53-modda);
- iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini huquqi (52-modda);
- ota-onalar va bolalarning bir-birlariga g'amxo'rlik qilishdagi teng huquq va majburiyatlari (64, 66-modda).
50-moddada aytilishicha, har kim o'z ona tilidan foydalanish va qaysi tilda gaplashishni tanlash huquqiga ega . inson nafaqat o'qishi, san'at asarlarini ko'rishi yoki texnik ixtirolardan foydalanishi, balki ularni yaratishi ham mumkin.
IQTISODIY, IJTIMOIY VA MADANIY HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA
XALQARO PAKT
1966-yil 16-dekabr, Nyu-York
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq, insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos bo’lgan qadr-qimmat hamda teng va buzilmas huquqlarini tan olish prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning negizi ekanligini e’tiborga olib, ushbu huqukdar inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini e’tirof etib, Inson huqukdari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq qo‘rquv va muhtojlikdan holi bo’lgan ozod inson shaxsining ideali har bir kishi o‘z fuqarolik va siyosiy huqukdaridan, shuningdek o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huqukdaridan foydalanishi mumkin bo’lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga ko‘ra davlatlar inson huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda hurmat qilishini rag‘batlantirishi shart ekanligini e’tiborga olib, har bir alohida inson boshqa odamlar va o‘zi mansub jamoaga nisbatan majburiyati bo’lgani holda mazkur Paktda tan olinayotgan huquqlarni rag‘batlantirish va ularga rioya etishga erishishi lozimligini e’tiborga olgan.



Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling