Ijtimoiy fanlar fakulteti konstitutsiyaviy huquq fanidan


Download 40.12 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi40.12 Kb.
#1558001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi 3 (2)

XULOSA……………………………………………………………...

30-31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT…………….....

32-35


KIRISH

Dunyodagi demokratik davlatlarda hech bir shaxs, hech bir fuqaro oʼz


ijtimoiy-shaxsiy hayotini, oʼzining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmaydi.
Аlьbert Eynshteynning fikricha, Konstitutsiyaning kuchi butunlay har bir fuqaroning uni himoya qilishga qaror qilishidadir. Konstitutsiyaviy huquqlar har bir fuqaro ushbu himoyaga hissa qoʼshishni oʼz burchi deb bilgan taqdirdagina himoya qilinadi .
Yangi Oʼzbekiston sharoiti barchamizga zamon nafasi bilan yashab har bir sohada yangi oʼzgarish va islohotlarga intilib yashashni uqtiradi. Shundan kelib chiqib 2021 yil 06 noyabrь kunidagi Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali
marosimiga bagʼishlangan Oliy Majlis palatalari qoʼshma majlisidagi
“Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yoʼlini qatʼiy davom ettiramiz” deb nomlangan nutqida “Аgar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan boʼlsak, tub burilish davrida koʼpgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini koʼramiz. Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini oʼrganib, puxta oʼylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Аsosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham koʼrib chiqish kerak” , deb barchamizga istiqbolli rejani belgilab berdilar.
Yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanishi asosan jamiyatda inson huquq va manfaatlarini anglash, idrok etish hamda undan foydalana olish darajasi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishda Konstitutsiya muhim oʼrin tutadi.
Yangi Konstitutsiya oʼzida belgilangan normalarga koʼra fuqarolarning, xususan, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qoʼyadi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo boʼlib, belgilangan burchlarni ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.
Darhaqiqat, yoshlar har qanday davlatning olib borayotgan siyosatining obʼektini tashkil etuvchi eng muhim ijtimoiy qatlami boʼlib sanaladi. Yaʼni, davlat rivojining natijasi undagi munosib vorislarning yetishib chiqishi bilan chambarchas bogʼliq. Negaki, demokratik davlat dastlab taʼlim taraqqiyoti, yoshlarning tegishli kasb doirasida yetarli malaka va tajribalarga ega boʼlib yetishishini yoqlaydi, ayni vaqtda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi faol ishtirokidan manfaatdor boʼladi.
Binobarin, Konstitutsiya hech qaysi hujjatda uchramaydigan jamiyatda mavjud barcha sohalar boʼyicha yoshlarni yoʼnaltirish xususiyatiga ega. Unda nafaqat siyosiy huquqiy normalar, balki milliy-maʼnaviy qadriyatlar ham oʼz ifodasini topgan. Yoshlar Konstitutsiya orqali faqat oʼz huquqlarini emas, balki burch va majburiyatlarini ham anglaydilar. Oʼz huquqlari bilan birga oʼzgalarning huquqlariga rioya etilishi va ularning taʼminlanishini tushunib yetadilar.
Аsosiy qonunimizning mazmunini toʼgʼri idrok etgan yoshlar bevosita Konstitutsiyaning asosiy printsiplari, inson huquq erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs toʼgʼrisidagi normalar, davlatning maʼmuriy va hududiy tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi kabi siyosiy jarayonlardan voqif boʼladi. Muayyan siyosiy tasavvur, yoshlarning siyosiy sohada yetarli malaka va bilimga ega boʼlishini taʼminlaydi. Chunki, Konstitutsiyada belgilab qoʼyilgan normalarning har biri yoshlarga toʼgʼri siyosiy yoʼnalish berish bilan birga ularning falsafiy mushohada etish, madaniy jihatdan oʼzligini namoyon etish koʼnikmasini shakllantiradi.
Konstitutsiya yoshlarda siyosiy ong, siyosiy bilim, siyosiy mulohaza va siyosiy xulq-atvor kabi tushunchalarni oʼzida mujassam etgan siyosiy madaniyat tushunchasining shakllanishiga omili boʼlib hisoblanadi. Konstitutsiya siyosiy madaniyat tushunchasi bilan mohiyatan oʼzaro bogʼliq. Siyosiy madaniyat u yoki bu xalq yoki millat, unga mansub boʼlgan insonlar milliy madaniyatida oʼzligini koʼradi va anglab boriladi. Konstitutsiya esa siyosiy madaniyatning shakllanishiga oziq beruvchi asosiy manba vazifasini oʼtaydi.
Siyosiy madaniyat oʼzida uzoq yillar shakllangan va turli avlodlar tomonidan qadrlanib kelinadigan siyosiy anʼanalarini, siyosiy amaliyotda faoliyat koʼrsatayotgan normalarni, gʼoyalarni, kontseptsiyalarni oʼzida ifoda etadi. Konstitutsiya yoshlarning mazkur siyosiy omillardan amalda foydalanishini taʼminlaydi. Umuman, yoshlar siyosiy madaniyatning yuksakligidan davlat va jamiyat katta naf koʼradi. Qonunlarimiz manbai sanalmish Konstitutsiya yoshlarda siyosiy madaniyatning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Konstitutsiyamiz oʼzida belgilangan normalarga koʼra ham fuqarolarning, xususan, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qoʼyadi. Fikrimizning asosi sifatida Konstitutsiyamizning muqaddimasiga eʼtibor qaratsak, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatini anglagan holda asosiy qonunimizning qabul qilinganligi eʼtirof etilgan.
Konstitutsiyani puxta oʼrganish jamiyatning asosiy qatlami sanalmish yoshlarning ham mazkur jarayonlardagi faolligini oshirishga xizmat qilishini aytib oʼtish oʼrinli.
Yosh avlodga zamonaviy taʼlim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, maʼnaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʼoyaviy immunitet va vatanparvarlikni shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida boʼlib kelmoqda.
Bir soʼz bilan aytganda, bosh qomusimizni bilish, chuqur oʼrganish va oʼsib kelayotgan avlodlarni ham mana shu ruhda kamol toptirish, eng avvalo, yurtimiz erishgan marralarni yanada yuksaltirish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamiyat va davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirishning muhim asosidir.

Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling