Ijtimoiy fanlar fakulteti konstitutsiyaviy huquq fanidan


Download 40.12 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi40.12 Kb.
#1558001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi 3 (2)

2.2. Ekologik huquqlar
XX asrda amalga oshirilgan fantexnika revolyutsiyasi natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish ob’ektlari o’z navbatida tabiatga bo’lgan ta’sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Shuning uchun ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi.
Ush bu holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini o’rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo’lishi va rivojlanishiga zaruriyat yaratdi.
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o’rtasida paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o’rganuvchi fonddir.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o’z o’rni va salohiyatiga ega bo’lgan alohida yo’nalish va xususiyatlarga ega bo’lgan huquq sohasi hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog’liq bo’ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi.
Hammamizga ma’lumki, davlat va huquq nazariyasiga asosan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o’rni va ishtiroki darajasi doirasi nuqtai nazaridan mustaqil va kompleks (majmualashgan yoki keng qamrovli, keng tarmoqli) huquq sohalariga bo’linishi mumkin. Mustaqil huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni asosan o’zining kuchi, imkoniyatlari darajasida tartibga soladi. Masalan, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqalar.
Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik umum majburiy ahamiyatga ega bo’lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammolarni hal qilish, ularning huquqiy tartibotini ta’minlashda o’zaro bog’liq bo’lgan huquqning boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki, ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko’lami kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo’lgan barcha vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish mumkin.
Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya’ni ma’muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo’jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi.
Ekologiya – murakkab tizimga ega bo’lgan, tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlarini o’rganuvchi fandir.
1866 yilda nemis biologi o’z ilmiy asarida birinchi bo’lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma’nosini tirik organizmlarning o’zaro va ularning yashash muhiti bilan bog’liqligini o’rganuvchi ta’limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha «oikos» – turar joy, yashash muhiti, uy, - «logos» – ta’limot, degan ma’noni bildiradi. Bir so’z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fanini oldida «Tabiat-jamiyat tizimi» da turli shakl va yo’nalishlarda paydo bo’ladigan o’zaro ta’sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo’nalishlarini aniqlash, jamiyat a’zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog’liq ehtiyojlarini qondirish me’yorlarini o’rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi:
qonuniylik;
Ijtimoiy adolat;
Oshkoralik;
Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;
Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning genetik fondini saqlash;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish;
Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bO’lish huquqini ta’minlash;
Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg’unlashtirish;
Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg’unlashtirish;
Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag’batlantirish;
Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;
Ekologiya ekspertizasini O’tkazishning majburiyligi;
Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qO’llanilishi va boshqalar.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi;
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag’batlantirish;
Er, er osti boyliklari, O’simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydlanganlik uchun haq to’lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to’lamaslik;
Erlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlarning ustivorligi;
Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Ekologizatsiyalashtirish;
2. ma’muriy-huquqiy;
3. fuqaroviy-huquqiy;
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustivorligini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo’llanilishi sog’lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo’ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi.
Ma’muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo’lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo’llanilishda namoyon bo’ladi.
Ekologiya huquqida ma’muriy-huquqiy usul keng qo’llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo’llanilishida katta ahamiyatga egadir.
Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib, borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag’batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo’llanilishda namoyon bo’ladi.
Ekologiya huquqiy – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo’llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo’llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o’rganishni oson bo’lishi uchun o’ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya huquqi O’z tizimiga ega.
Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko’ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishidir.
XULOSA

Maʼlumki, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish boʼyicha muhim tashabbus ilgari surilib, ushbu tashabbusni amalga oshirish borasidagi ishlarni samarali va puxta tashkil etish maqsadida Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʼshma qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.


Oʼtgan davrda Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Аsosiy qonunimizni yanada takomillashtirish boʼyicha keng qamrovli ishlar olib borildi. Bunda asosiy eʼtibor umumxalq muhokamasi, konstitutsionalizm sohasida yetuk olimlar, jamoatchilik, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi muhokamalarda berilgan takliflarni har tomonlama tahlil qilishga hamda eng dolzarb takliflarni loyihada aks ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bugunga qadar 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ularning 60 foizdan ortigʼi bevosita yoshlar tomonidan berilgan. Shuning uchun ham Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga oid qator normalar, hatto bitta alohida bob “Oila, bolalar va yoshlar” masalasiga bagʼishlandi .
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojini taʼminlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda.
Mazkur qoidalarning Konstitutsiya darajasida belgilanishi, bolalar bogʼchasidan tortib, toki universitetlargacha, barcha taʼlim tashkilotlarini ular davlatniki yoki xususiy ekanligidan qatʼiy nazar, rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin boʼladi.
Taʼkidlash lozimki, ilk marotaba bogʼcha yoshidagi bolalarning taʼlim va tarbiyasi sohasidagi davlat majburiyatlarining konstitutsiyaviy darajada belgilanishini muhim voqea boʼlishi kutilmoqda. Bola uchun oiladan keyingi birinchi jamoa bu bogʼchadir. Maktabgacha taʼlim sifatli boʼlishi insonning butun hayotiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Davlat endilikda nafaqat umumiy oʼrta taʼlim balki boshlangʼich professional taʼlim olishni ham bepul boʼlishini kafolatlaydi. Eng muhim yangiliklardan biri, bu – alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʼlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim va tarbiyaning taʼminlanishi boʼldi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim tashkil etiladi. Bu norma shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning toʼlaqonli aʼzosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun juda muhimdir.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaga muvofiq, fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli, ekanligi aniq belgilab qoʼyilmoqda. 2017 yilga qadar oliy taʼlim muassasalarida grant oʼrinlari soni faqat qisqarib keldi. Soʼnggi besh yil ichida, aksincha grantlarni koʼpaytirish yoʼlidan borildi. Xususan, oʼtgan davrda oliy taʼlimga ajratilgan davlat grantlari soni 75 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi boʼlgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni ikki baravarga oshirildi, shuningdek, nodavlat oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti ajratish amaliyoti yoʼlga qoʼyildi. Mazkur konstitutsiyaviy qoidaning belgilanishi bu boradagi ijobiy yoʼnalish doimo saqlab qolinishini, davlat oliy taʼlim muassasalarida grant oʼrinlari yoʼqolmasligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlariga akademik erkinlik, oʼzini oʼzi boshqarish, tadqiqotlar oʼtkazish va oʼqitish erkinligi huquqi berilmoqda. Oliy taʼlim tizimi bilan bogʼliq masalalarning Konstitutsiya darajasida belgilanayotgani oliy taʼlim jarayoniga tashqi aralashuvlarni cheklash, oliy taʼlim sifati va dunyoda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Аytish joizki, bolalarning maʼnan, jismonan va ijodiy tomondan komil inson sifatida yetishishida nafaqat oiladagi muhit yaxshi boʼlishi, balki davlat tomonidan zarur shart-sharoit, imkoniyat ham yaratib berilishi zarur. Shu maʼnoda, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʼlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchi, sifatida Konstitutsiyada muhrlanmoqda.
Shu bilan birga, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga boʼlgan mehr-muhabbat tuygʼularini shakllantirish toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qiladi.
Taʼkidlab oʼtilganidek, Yangilangan Konstitutsiyada alohida modda yoshlar huquqlariga bagʼishlanmoqda. Unga koʼra davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʼbatlantiradi.
Davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʼligʼini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʼlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Xulosa oʼrnida, yangilanayotgan Konstitutsiyaning yoshlar huquq va manfaatlariga daxldor normalarini har tomonlama tahlil qilgan holda ushbu Bosh qomusimizni “Yoshlar Konstitutsiyasi” deya eʼtirof etishga ham barcha asoslar borligini alohida qayd etishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


https://uz.warbletoncouncil.org/derecho-economico-502 1.1
Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik / Mas’ul muharrir y.f.d. Z.N.Esanova. – Toshkent: TDYU, 2020. – 530 bet.
Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling