Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet35/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan izohlanadi;

  • faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va takomillashadi.

    Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko`p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Muloqot jarayonida ba’zi bir psixologik to`siqlar mavjud. Ko`proq ular sun’iy ravishda vujudga keladi:

    • motivatsion to`siqlar - shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh tortishi, muomalani to`g`ri, aniq ko`rinishda olib borilishini xohlamasligi jarayonida namoyon bo`ladi;

    • aqliy (intellektual) to`siqlar - shaxsning boshqa shaxsga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va intellektual savodxonligi mazmunan boy bo`lgan taqdirda yuzaga keladi;

    • emotsional to`siqlar - muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo`rquv, asabiylashish, xo`rlanish va boshqalar);

    • tarbiyaviy jarayondagi to`siqlar – ta’lim sohasida xamda huquqni muhofaza qilish organlarida «tarbiyasi qiyin» o`smirlar, nosog`lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.

    Muloqot maqsadiga ko`ra biologik va ijtimoiy ko`rinishda bo`ladi.
    Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Muloqot vositasiga ko`ra bevosita va bilvosita bo`lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo`li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo`ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi.
    Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi qo`shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy muloqot esa shaxs o`zining psixologik muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o`z hayotiga, atrofida nimalar bo`layotganligiga bo`lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo`naltirilgandir.




    1. Download 6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling