Ta’sirning tashabbuskori- bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-axvolni xam quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suxbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy ahloq normalari asosida tartibga solinadi.Muloqotning psixologik vazifalari turlichadir. Ya’ni:
informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir;
regulyativ vazifa - muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to`g`ri munosabatni tashkil qilishdan iborat;
signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar haqidagi signalni qabul qilish va uzatish;
nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi;
tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo`lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.
13-jadval
moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;
kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim almashinuviga aytiladi;
konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |