Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Iqtisodiy psixologiyaga muqobil yondashuvlar
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Maqsadga muvofiq bog’lanish” nazariyasi
- “Ko’rsatma va qaror qabul qilish nazariyasi”
- Adzen vaFishbeyn
- “Ko’rsatmalar nazariyasi”
Iqtisodiy psixologiyaga muqobil yondashuvlar.
Amaliy iqtisodiyotda muqobil yondashuv o’z oldiga iqtisodiy psixologiya muammolari bilan ishlash uchun ayrim psixologik nazariyalarni jalb qilishni maqsad qilib qo’yadi. Bu yerda, asosan, “Maqsadga muvofiq bog’lanish” nazariyasi jalb etiladi. Taxmin qilinadiki, qaror qabul qilishda stantdart mantiqiy tasdiqlarni qo’llash emas, balki ko’p obrazli evristikadan foydalanish tushuniladi. Evristika - bu axborotni qayta ishlash va xulosalar shakllantirishda turli xil mantiqiy fikrlardan foydalanuvchi mulohaza usulidir. Bunday yondashuvda iqtisodiy qarorlar maqsadga muvofiqlik usuli yordamida qabul qilinadi, degan iqtisodchilarning boshlang’ich tasavvuri o’z navbatida oqilonalik taxminlari haqidagi psixologik tasavvurlarga o’rinni bo’shatib beradi. Bu yerda iqtisodiy modellarning beqaror ekanligi aniqlanadi; muqobil variant sifatida ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan foyda o’rtasidagi nisbatni hisoblab chiqish o’rniga “real psixologik” tahlillardan foydalanish taklif etiladi.22 Iqtisodiy psixologiya shakllanishiga sabab bo’lgan eng muhim nazariyalardan biri “Ko’rsatma va qaror qabul qilish nazariyasi”dir. Keyingi paytlarda olib borilgan ijtimoiy-psixologik izlanishlar doirasida “istaklarni shakllantirish davomida ko’rsatmalarning tutgan roli” masalasi tadqiq etilgan bo’lib, bu ishlar J.Katona dasturining yangicha zamonaviy o’qilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu mazmundagi eng ta’sirchan yondashuv - Adzen vaFishbeyn (Ajzen and Fishbein, 1980)23 tomonidan taklif etilgan “Asosli harakatlar nazariyasi” hisoblanadi. Mualliflarning fikricha, u yoki bu tarzda harakat qilish istagini shakllantirishda me’yoriy e’tiqod va ko’rsatma elementlarning qarama-qarshiligi kuzatiladi. Inson xarajatlar foydadan oshib ketadigan yoki ahamiyatga ega bo’lgan boshqa shaxslar tomonidan norozilik bildirilishi kutiladigan hollarda o’z ko’rsatmalarini amalga oshirish borasida izchil emaslikka yo’l qo’yishi mumkin. Asosli harakatlar nazariyasida biron narsani xarid qilish istagi xaridning ahamiyati va buning boshqalar tomonidan qanday baholanishi bilan belgilanadi. Asosli harakatlar nazariyasi erkin tanlovli tadqiqotlarga umumiy yondashuv sifatida o’zining psixologik jihatdan yaroqli ekanligini isbotlab berdi. U iqtisodiy qaror qabul qilishga ko’plab ko’rsatmaviy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarning ta’sirini hisobga olishi mumkin, deb biladi. Bunday yondashuvning asosiy qimmati mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash hisoblanadi. Adzen va Fishbeynning ta’kidlashicha, xaridorning xohish-istagiga shunday yondashish kerakki, bu qaror qabul qilishning shakllaridan biriday bo’lsin, ya’ni: 73-rasm
Bu mualliflar o’z yondashuvidan xaridorlarning avtomobil va pivo markasini tanlashini aniqlashda foydalanishgan. Ular ko’rsatmalar va subyektiv me’yorlarni hisobga olgan holda xarid ehtimolini oldindan aytib berishning uddasidan chiqdilar. Qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi ayrim “tugal” samaralar aniqlandi, masalan, kishilar narsalarni o’zlari uchun xarid qiladilarmi yoki boshqalar uchunmi. Asosli harakatlar modeli iqtisodiy psixologiyada qaror qabul qilish bo’yicha tadqiqotlarda kamdan-kam hollarda tizimiylashgan ravishda qo’llanadi. Shunday bo’lsa-da, Katona dasturi doirasida xarajatlarni sarflash jarayonlarini o’rganish yetakchi hisoblanadi. Katona dasturi amaliy iqtisodiyotning “Ko’rsatmalar nazariyasi” bilan birgalikda iqtisodiy psixologiyadagi “Qaror qabul qilish modeli”ning yetakchi bo’lishiga olib keldi. Biroq, kishilar noaniqlik yoki tavakkal holatlarda ham qarorlar qabul qiladilar. Ko’pincha, ehtimol, har doim ular xarajatlar, yutuqlar, cheklovlarni baholashni tahlil qilish uchun barcha zarur ma’lumotga ega bo’lmaydilar. Noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilinar ekan, insonlar to’laqonli maqsadga muvofiq hisoblangan tahlil kabi katta hajmda axborot talab qilmaydigan nazariy tekshirishda yangiliklar kashf etish jarayonida qo’llaniladigan mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmui - evristikadan foydalanadi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling