Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Birinchisi, suxbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchisi


Download 6 Mb.
bet40/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Birinchisi, suxbatdosh so‘zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi.
Ikkinchisi esa — sherigimiz so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul xam sherik uchun muxim, chunki u sizning tinglayotganingizni, xattoki, undagi g‘oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo‘lib, «Yo‘g‘-e?», «Naxotki?», «Qara-ya?», «Yasha!» luqmalari bilan xam suxbatdoshimizni gapirishga, yanayam o‘z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs etakchi, u suxbatning mutloq xokimi, degan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda xam shunday kuch borki, u suxbatdoshni sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug‘diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o‘zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suxbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, xech narsasiz qolishi xam mumkin. SHuning uchun muloqotga o‘rgatishning muxim yo‘nalishlaridan biri - odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatishdir.
13-jadval




  • Aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, unga bemalol yotib olmaslik, suxbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning xar bir so‘ziga qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;

  • Suxbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suxbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining xar bir so‘ziga uni xam ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.

  • O‘ychan jimlik. Bu muloqot jarayonida suxbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suxbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.

Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol o‘zaro ta’sir uchun teng axamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining axamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi.
Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi.
IPT - muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Asariyat olimlarning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri – bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. Bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:

  • e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi;

  • kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi; 

  • avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug`iladi;

  • maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.

Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini-o`zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo`lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:

  • hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o`rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;

  • muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini tahminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

  • insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to`g`risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg`ulotlarni uyushtirish;

  • shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo`ljallangan ishbilarmonlik o`yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.

Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga xurmatni xam tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi axamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning xar bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon xam teng yutadi.Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o`zini-o`zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling