Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet48/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Iqtisodiy ta’lim - tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun, ya’ni iqtisodiy malaka va ko‘nikmalarni egallashi uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining ongi (ta’lim jarayonida), hissiyoti (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasi (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida)ga muntazam ta’sir etiladi. Iqtisodiy ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni iqtisodiy faoliyat sub’ekti sifatida iqtisodiy ko‘nikmalarni oshirish va kelajak malakalarini shakllantirishdan iborat.
Buning uchun: “iqtisodiy faoliyat tizimini o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, mexnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik munosabatlarini tarbiyalashdan iborat”.
Iqtisodiy bilim - ishlab chiqarish jarayonining mohiyati hamda iqtisodiy munosabatlar mazmunini yorituvchi asosiy ma’lumotlar majmui.
Iqtisodiy savodxonlik- ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati, iqtisodiyot,iqtisodiy munosabatlar borasidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ta’lim oluvchilar tomonidan iqtisodiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va ularni amaliy faoliyatda qullay olish iqtisodiy madaniyatning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy faoliyat albatta jamiyatda shakllangan va takomillashib borayotgan iqtisodiy madaniyatga tayanadi. Iqtisodiy madaniyat bu xo‘jalik faoliyatini faoliyati va qimmatliklar tizimi, xususiy mulk shakliga va iqtisodiy muvaffaqiyatga nisbatan hurmat, tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy muhitning rivojlanishi va unga nisbatan barqaror munosabatni tashkillanishidir.
Kreativlik va konstruktivlik tamoyili iqtisodiy tafakkur qismlarini uyg‘unligini ta’minlashda ijodkorlik va bir tizimga solinganlik asosida amalga oshadi. Bular texnologik yangilanishlarga sababchi bo‘ladi, insonning iqtisodiy hayot jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy tafakkur har qanday jamiyatda ilmiy ishlarni olib borishda bir necha darajada kechadi.
Bular; birlamchi, tarmoqli va umumdavlat darajalari. Ilmiy izlanish olib borayotgan iqtisodiy institutlar ishlab chiqarish yoki boshqa tarmoqlarda iqtisodiy farovonlikka qaratilgan ishlarni olib borishda avval birlamchi, ya’ni biror tajriba asosida yangi maxsulot yaratadi, keyin tarmoqli va umumdavlat darajalarida ularni keng qollaydilar.



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling