Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Iqtisodiy psixologiyada iqtisodiy kategoriyalar
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy ong
Iqtisodiy psixologiyada iqtisodiy kategoriyalar.
Iqtisodiy psixologiya real iqtisodiy borliqni idrok etish, fikrlash, tafakkur qilish va ijtimoiy tasavvurlarga tayangan harakat uslublarini bilishga qaratilgan ilmiy yo’nalishdir. Iqtisodiyot- odamlarning xo’jalik yuritish munosabatlarini o’rganadigan fan bo’lib, u bularni qanchalik darajada rejalashtirilgan, o’ylangan, o’rganilganini raqam va predmetlar tilida bayon etilishidir. Hozirgi kunda ushbu munosabatlarda asosiy omil bo’lib, shaxs qatnashgani uchun ham, uning psixologiya bilan hamnafas bo’lish zarurligi yuzaga keldi.28 Iqtisodiyot hamda psixologiya fanlarining uyg’unlashuvidan paydo bo’lgan iqtisodiy psixologiyaning predmeti xo’jalik munosabatlarining inson xulqi va bilimlarida namoyon bo’lishini o’rganadi. Ya’ni u iqtisodiy munosabatlar tizimida inson axloqi natijalari va fenomenlarini iqtisodiy faoliyatning mexanizmi, shaxs mentalitetiga aloqador me’yorlar, iqtisodni yuksaltirishdagi qarorlar qabul qilish, muammolar yechimidagi ijtimoiy fikrning o’rni kabi omillarni xo’jalikni boshqarish tajribasiga tayanib o’rganadi. A.Krilovning ta’rificha, iqtisodiy psixologiya - keng ma’noda xo’jalikni boshqaruvchi subyekt psixologiyasidir.29 Iqtisodiy psixologiya predmetidagi asosiy kategoriyalar: 74-rasm Shu uchala kategoriyalarning mutanosibligi, bir-biriga munosabatlarini aniq faoliyat hamda ishlab chiqarish jarayonlarida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganish katta amaliy ahamiyatga egadir. Iqtisodiy ong - o’z qarashlari, maqsadlari, dunyoqarashiga ega bo’lgan inson ongida bevosita ishlab chiqarish, o’zlashtirish va foyda olishga aloqador obyektlarning aks etishidir. Ya’ni iqtisodiy ong mavjud bo’lgani uchun ham biz moddiy, ma’naviy ehtiyojlarimizga aloqador bo’lgan ne’matlarni topish, ko’paytirish yo’llarini hamda jamiyatda o’z mehnatimiz bilan moddiy ishlab chiqarishga ulush qo’shishga oid bilim, tasavvur va hissiyotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ong deganda, avvalo, iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan emosiyalar, his-kechinmalar, ularning turli jihatlarini tushunishga taalluqli perseptiv idrok elementlari, iqtisodiy tasavvur va tafakkurning natijasi bo’lmish bilimlar, tushunchalar, g’oyalar, ko’nikma hamda malakalarning aql-farosatga tegishli xususiyatlarini tushunish mumkin. Demak, iqtisodiy ong murakkab psixologik tuzilma bo’lib, u bevosita iqtisodiy vaziyatlar va shart-sharoitlarning shaxs ongi, dunyoqarashi va motivlariga ta’siridan hosil bo’ladi. Tanlovning natijasi esa, foyda va yo’qotishlar hisoblanib, sarflangan - kuch, vaqt, qobiliyat, pul va olingan manfaat - ishlangan haq, foyda taqqoslanadi. Oddiy ko’ringani bilan, bu iqtisodiy jarayonlar qiyin, sirli va o’ziga xos ilmiy izlanishni talab etadi. Psixolog V.M.Karimovaning fikricha, iqtisodiy ong mahsuli bo’lgan iqtisodiy tafakkur - xo’jalik munosabatlariga kirishgan subyektlarning iqtisodiy munosabatlarga oid tasavvurlari, bilimlari, g’oyalari hamda qarashlarini ongdagi aksi bo’lib, u amalga oshirilayotgan faoliyatning mohiyatini tahlil qilish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi.30 Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling