Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
II MODUL. IQTISODIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy psixologiyada iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari. Tayanch so’z va iboralar
- Iqtisodiy psixologiya predmetiva uning ustuvor komponentlari
- Iqtisodiy psixolgiya”
II MODUL.
IQTISODIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI 4-MAVZU. IQTISODIY MUNOSABATLARNI BOSHQARISHPSIXOLOGIYASI. RЕJА: Iqtisodiy psixologiya predmetiva uning ustuvor komponentlari. Iqtisodiy psixologiyaga muqobil yondashuvlar. Iqtisodiy psixologiyada iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari. Tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy psixologiya, iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur,iqtisodiy xulqdir, evristika, iqtisodiy tafakkur, izchillik, uzluksizlik, kreativlik, konstruktivlik, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy savodxonlik. Iqtisodiy psixologiya predmetiva uning ustuvor komponentlari Har bir sohaning o’z tadqiqot va amaliyot predmetiga ega bo’lganidek, iqtisodiy psixologiyaning ham o’ziga xos ilmiy va amaliy predmeti mavjud. Iqtisodiy psixologiya-turli vaziyatlarda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishish orqali xo’jalik yuritishni maqsad qilgan shaxslar, yaxlit guruh, jamoalarning iqtisodiy tafakkuri hamda iqtisodiy xulq-atvoriga aloqador umumiy qonuniyatlar va xatti-harakat mexanizmlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir xo’jalik subyekti ongida aks etishini o’rganadi. Ya’ni uning predmeti shaxs ongi, xulqida xo’jalik va ishlab chiqarish munosabatlarining aks etishi jarayonidir. Demak, iqtisodiy psixologiya fan sohasi sifatida shaxsni ishlab chiqarish munosabatlarining subyekti va obyekti sifatida o’rganar ekan, avvalo, mehnatining mazmun-mohiyati, hamkorlik qilayotgan shaxslarga nisbatan munosabatlari, baholari, fikr-o’ylari, his-kechinmalari, ijtimoiy ustanovkalari, kasbiy sifatlari, nuqsonlari hamda mehnat faoliyati jarayonida o’z xulq-atvorini tashkil etish mexanizmlarini yoritib beradi.16 Iqtisod va psixologiyani ilmiy nuqtai nazardan qiziqtiradigan obyektiv predmeti bir-biriga yaqin: ikkisi ham subyekt xulqini kuzatadi. Bunda iqtisodchilarni subyektning bozorga bo’lgan munosabatlari qiziqtirsa, psixologlarni esa, uning faoliyatga bo’lgan individual reaksiyasi va hissiy kechinmalari qiziqtiradi. Har ikkisi ham bilim manbaiga suyangan holda ish ko’radi. “Iqtisodiy psixolgiya” haqida birinchi tushunchalar fransuz sotsiologi va kriminalisti Gabriel Tard tomonidan 1903-yilda yozilgan “Iqtisodiy psixologiya” deb nomlangan qo`lyozmasida keltirilgan. Gabriel Tard, amerikalik Djordj Katon va vengriyalik Laslo Garai ushbu fanning asoschisi hisoblanadi. Agar iqtisodiy fikrlar rivojiga nazar tashlasak, iqtisod fani resurslardan to’g’ri foydalanish uchun - tabiiy zaxiralar, kapitallar, mehnat rezervlarini nimaga va kim uchun ishlab chiqarish kerakligini aniqlash kerak. Iqtisodning aniq va tabiiy fanlardan ajralib turadigan tomoni shundaki, u aniq shaxs bilan emas, balki yaxlit jamiyat a’zolari bilan ish olib boradi. A.Krilovning yozishicha17, inson ilk yoshlik davridanoq murakkab iqtisodiy munosabatlar doirasida va ta’sirida bo’ladi. Ilk bolalikdanoq, u oldi-sotdi, almashinish munosabatlarida bo’ladi va har doim tanlov asosida ish yuritadi. Hayot insonlarni xarid qilish, yo’qotish, orttirish, ish kuchini tabiiy hamda notabiiy rag’batlarga almashtirish va bunda ular orasidan foydali yoki samaralisini tanlashga o’rgatadi. Iqtisodiy psixologiyaning tarkibiy tuzilishiga e’tibor qilar ekanmiz, avvalo uning muammolarga boy va turlichaligini ta’kidlamoq lozim. G’arbiy Yevropa va amerikaliklarning ilmiy izlanishlarida uch yirik bo’lim amaliy iqtisod bilan birga o’rganilgan va ular quyidagilardir: bozormunosabati - iste’molchi psixologiyasi va uy xo’jaligini boshqarish psixologiyasi; biznesmunosabati - tadbirkorning xulqi va qobiliyati, kelishilgan ish natijasi, murosaga kirishish, raqobat, savdo siri va boshqalar; jamiyat-fuqaro munosabati - soliq, foyda, inflyasiya, ishsizlik, siyosiy iqtisodning ommaga ta’siri.18 72-rasm
Dastlab iqtisodiy psixologiya muammolari psixologiya va iqtisodiyot o’rtasida mujassamlangan. J.Katona aytishicha: “Biz iqtisodiy jarayonlarni insonning xulq-atvori namoyon bo’lishi sifatida ko’rib chiqamiz va uni zamonaviy psixologiya fani nuqtai nazaridan tahlil qilamiz”.19 J.Katona iqtisodiy xulq-atvorning psixologik jihatlarini empirik tadqiq etishning birinchi loyihasini taklif etdi. Ushbu loyihaning qismlaridan biri iqtisodiyot va insonlar psixologiyasi o’rtasidagi munosabatlarni tushunishdir. Bunda J.Katona allaqanday “barcha zamonaviy psixolog olimlar o’rtasida fundamental kelishuv”ga ishora qilgan holda turli psixologik yondashuvlar o’rtasidagi jiddiy farqlardan asbstraktlanish tendensiyasini ko’zda tutgan. Bu o’sha paytlar psixologiyada keng tarqalgan lingvistik bixeviorizmning bir qismi bo’lib, unda nazorat qilinayotgan xulq-atvor kuzatuvi asosida oraliq psixologik o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalar tadqiq etiladi.20 “Iqtisodiy psixologiyaning asoschisi” bo’lgan J.Katonaning ta’kidlashicha, iqtisodiyot va shaxs psixologiyasi o’rtasida yaqqol aloqa mavjud. “Obyektiv” iqtisodiy sharoitlar individ xulq-avtoriga ta’sir ko’rsatsa-da, biroq ular subyektiv iqtisodiy qarashlar orqali bilvosita ifodalanadi. Shu sababli, iqtisodiyotning qaysi yo’nalishda ketayotganligini, kelajakda u rivojlanadimi yoki pasayib ketadimi, hech kim oldindan aytib bera olmaydi. Insonlar esa, o’z jamg’armalarini saqlash yoki sarflash masalasini hal etishlari lozim bo’ladi. Bunday sharoitlarda jamoatchilik fikri iqtisodiyot ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega omil hisoblanadi. Agar insonlarning kichik bir guruhi mablag’larni sarflash yoki saqlab turish muammosini hal qilish vaqtida o’z xulq-atvorlarini o’zgartiradigan bo’lsalar, ularning bu qarori “investisiyalar uchun ochiq pul hajmi” kabi makroiqtisodiy omilga bevosita ta’sirini ko’rsatadi. J.Katona tomonidan fanga kiritilgan shu va shunga o’xshash boshqa mulohazalarida qayd etilgan iqtisodiy psixologiya dasturi hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. U har qanday nazariy va metodologik nuqtai nazardan tahlil etilganda, obyektiv va subyektiv qarashlar o’rtasida aniq iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik chegaralarni nazarda tutadi. J.Katonaning fikriga ko’ra, ijtimoiy-psixologik jarayonlar omma yoki guruhlar darajasida emas, balki har bir shaxs darajasida amal qiladi. Iqtisodiy xulq-atvor har bir shaxsning xulq-atvori va qabul qilish yig’indisi sifatida tushuniladi. Bunday tasavvur o’z navbatida, iste’mol borasida olib borilgan tadqiqotlarda qaror qabul qilishning roli alohida ekanligini ta’kidlab o’tadi.21 Iqtisodiy psixologiya yoki iqtisodiyotning psixologik jihatlarini tadqiq etish istiqbolli ilmiy izlanishlar maydonidir. Iqtisodiy psixologlar iqtisodiyotning hayotiy talqini; iqtisodiy qarorlar asosida yotuvchi omillar; shaxsiy, aynan, bir xillik va ommaviy iste’mol o’rtasidagi munosabatlar kabi mavzular bilan qiziqadilar. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling