Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Li, Terri va Vebli
Tverski va Kanemanning (Tversky and Kahneman, 1981)24 izlanishlari shuni ko’rsatdiki, statistika axboroti bilan ishlar ekan, kishilar ko’pincha o’xshashlik va reprezentativlik kabi mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmuiga tayanadi.
Oxirgi yillarda bu yondashuv iqtisodiy psixologiyada ta’sirchanlik rolini yanada oshirib oldi. Psixologlar ham, iqtisodchilar ham ushbu yondashuvga asosan, kishilar o’z manfaatlari, ko’plab iqtisodiy sharhlar va tushunchalar, masalan, kelajakdagi daromadni bilish tamoyillari negizida qaror qabul qiluvchi iqtisodiy nazariyadagi oqilonalik asoslariga tanqidiy munosabatda bo’lishadi. Amaliy iqtisodiyot noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish modeli sifatida Saymon (Simon, 1957)25 tomonidan taklif etilgan maqsadga muvofiq bog’lanish tushunchasidan foydalanadi. Modelga muvofiq, kishilar turli xildagi o’ziga xos mulohaza shakllaridan foydalanib, maqbullikka qaraganda ko’proq asoslanganlikka intilishadi. Gute va boshqalar (Guth, 1992)ning26 fikriga ko’ra, amaliy iqtisodiyotda psixologiya va iqtisodiyot o’rtasidagi munosabatlarni turlicha talqin qiluvchi ikkita yondashuv mavjud. Amaliy iqtisodiyot nazorat qilinuvchi sharoitlarda iqtisodiy (qoidaga ko’ra moliyaviy) qarorlar qabul qilishni modellashtiruvchi bir qator texnikalarni o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu usulning afzalligi mojarolarni hal etish, narx haqida kelishuvlar, altruizm holatlari, guruhlararo va shaxsiy munosabatlar o’rnatilishi vaziyatlari kabi psixologik jarayonlar keng doirasiga nisbatan qo’llanilishi bilan izohlanadi. Olimlarning yaqin o’tmishdagi boshqa ilmiy izlanishlarida psixologiyaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan muqobil aloqalari kuzatiladi. Ushbu yo’nalishning asoslarini Li, Terri va Vebli tomonidan yaratilgan “Iqtisodiyotda individuum (har bir shaxs)” (Lea, Tarru and Webley, 1987)27 kitobidan topish mumkin. Mualliflar “Favqulodda yuz beradigan ikki yoqlamalik” deb nomlangan tamoyil tarafida bo’ladilar. Unga ko’ra har qanday “iqtisodiy xulq-atvor” moddiy tugallikka ega bo’ladi, iqtisodiyot esa o’z navbatida, ko’plab kishilarning iqtisodiy xulq-atvori natijasi hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy psixologiyada ikkita yondashuvni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: birinchisi - sezilarli darajada iste’molning madaniy jihatlaridan uzoqlashib, asosan iqtisodiyot va psixologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ko’rib chiqadi; ikkinchisi - madaniy yondashuvlar o’rtasidagi aloqaga yo’naltirilib, ommaviy iste’mol ijtimoiy psixologiyasini nisbatan kengroq fanlararo soha doirasida tadqiq etadi. Ilmiy tajribalarni o’tkazuvchilar qat’iy asoslangan ko’rsatkichlar bilan “o’yin” tashkil qiladilar. O’yinchilarning xulq-atvori qoidalar bilan cheklangan bo’lib, yuqori darajadagi foyda olishga yo’naltiriladi. Tadqiqotchilar sinovda ishtirok etayotganlarni o’yinda yana qatnashishga taklif etadilar. Maqsadga muvofiq xulq-atvordan og’ishni xarajatlar va foyda nisbatidagi o’zgarishlar funksiyasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Agar cheklovlarga rioya qilgan holda yutuqning subyektiv ahamiyati o’rganiladigan bo’lsa, bunda xuddi o’sha iqtisodiy modellashtirish tamoyillari qo’llanishi mumkin. Biroq bunda kishilar o’zini o’yinda va real dunyoda qanday tutishi o’rtasidagi muvofiqlikni topish talab qilinadi. Bu tashqi yaroqlilik masalasiga qaraganda ko’proq iqtisodiy xulq-atvorning muayyan turlari haqidagi masaladir. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling