Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
Iqtisodiy xulq - iqtisodiy ta’sirotga javob beruvchi, ishlab chiqarish shart-sharoitlari, vositalari va turtkilari ta’sirida namoyon bo’ladigan xatti-harakat va xulq-atvordir. Iqtisodiy xulqning subyektlari hisoblangan insonlar - ijtimoiy guruhlar hamda jamiyat bilan psixologik tuzilmalar shaklida bo’lib, ular o’zaro tabiiy ravishda bir-biri bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, shaxs iqtisodiy xulq-atvorining namoyon bo’lishi yuzasidan tovarning iste’molchi didiga mos kelishini aniqlash, uni har tomonlama bashorat qila olish, hamkor va raqobatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur bo’ladi.
Demak, u iqtisodiy ong hamda ishlab chiqarish vaziyatlarining shaxs harakatlarida namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. Bunda eng avvalo, iqtisodiy motivlar, ya’ni ishlab chiqarish shart-sharoitlaridan va shaxsning ularga munosabatlaridan kelib chiqadigan sababiy munosabatlar tizimi katta rol o’ynaydi. Iqtisodiy xulq-atvorning mikroiqtisodiyot darajasida namoyon bo’lishini Adam Smit qarashlarida kuzatamiz. Uning g’oyalari nafaqat iqtisodiy qonuniyatlarda, balki inson ichki kechinmalari, xulq-atvori, axloqiy jihatlarini o’rganishga bag’ishlangan psixologik qonuniyatlarda ham o’z ifodasini topgan.31 Iqtisodiy psixologiya o’z ilmiy tadqiqot izlanishlari doirasida aynan iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy xulqning u yoki bu sharoitlarda namoyon bo’lishi, rivojlanishi hamda inqirozga yuz tutishi qonuniyatlarini o’rganadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu uchala hodisa jamiyatda ijtimoiy mehnat va faoliyat sharoitlarida namoyon bo’lgani uchun ham, ular sof ma’noda ijtimoiy hamda iqtisodiy-psixologik kategoriyalardir. Shuning uchun ham iqtisodiy psixologiya o’rganadigan barcha masalalar va muammolar tabiatan hamda mohiyatan ijtimoiy-psixologik hodisadir. Shunday qilib, iqtisodiy psixologiyaning o’rganishi mumkin bo’lgan masalalari ko’lami keng va barchasi bugungi kunda o’ta dolzarbdir. Bu holat ushbu sohaning metodologiyasini mukammal ishlab chiqish va uni kun sayin ortib borayotgan amaliy ehtiyojlarga buysundirishni taqozo etadi. Bu esa, fanning tadbirkorlik psixologiyasi sohasiga, undagi shaxsga bo’lgan munosabatlarni keskin o’zgartirib, aloqador barcha jarayon va hodisalarga nisbatan yangicha ijtimoiy-psixologik qarashlar shakllanishini nazarda tutadi. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling