Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Shuningdek, ikkita holat tadbirkordagi iqtisodiy xulqning himoyaviy ustanovkasini kuchaytiradi


Download 6 Mb.
bet54/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Shuningdek, ikkita holat tadbirkordagi iqtisodiy xulqning himoyaviy ustanovkasini kuchaytiradi:

Agar tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning anchagina yuqori motivasiyasini o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, bu unda ehtiyojning o’zini takomillashtirish mezonini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bular o’z navbatida tadbirkordagi o’rta ko’rsatkichdagi tavakkalchilik va mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini shakllantiradi. Tavakkal qilgan sharoitda muvaffaqiyatga erishaverish, aksincha, himoyaga nisbatan ustanovkani susaytiradi, ya’ni mag’lubiyatdan qochish motivasiyasini kamaytiradi. Tadqiqotda aniqlanishicha juda ehtiyotkor hisoblangan tadbirkorlarda himoyaga nisbatan quyi motivasiya aniqlanib, bu esa tadbirkorda muvaffaqiyatga erishishda juda past motivasiyani keltirib chiqaradi. Natijada, ushbu tadbirkorlarda jamiyatda o’z o’rnini topish, obro’-e’tiborga sazovor bo’lish uchun, tan olinishga nisbatan ehtiyoji o’sib borada.
Demak, tadbirkorlik faoliyati jarayonida muammoni yechish hech qachon oson kechmagan, lekin ma’lum tajribaga ega bo’lish maqsadga erishish jarayonini tezlashtirib mag’lubiyatdan qochishga yordam beradi. Buning uchunmag’lubiyatdan qochib, maqsadga erishishning uchta ehtimoliy yo’lini aytib o’tish mumkin:

  • muammoni yechishga tizimli yondashishdan foydalanish;

  • har xil muammolarni yechishga mos keladigan uslublarni tanlash;

  • odamlar va manbalardan muammolarni yechishda foydalanish.

Agar maqsadlar majmui mavjud bo’lib, muvaffaqiyatga erishish motivi rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolardan biri sanalsa, bir vaqtda ularni yagona mezon bilan o’lchab bo’lmaydi. Bunday maqsadlar majmuiga erishishni baholash bosqichma-bosqich olib boriladi, quyida keltirilgan yettita bosqich, mag’lubiyatdan qochib muvaffaqiyatga erishishda nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi:

  • tayyorgarlik;

  • aniq maqsad;

  • muvaffaqiyat mezoni;

  • axborotlar;

  • rejalashtirish;

  • amaliy ish;

  • amaliy ishning to’liq tahlili.

Tadqiqotning ko’rsatishicha muvaffaqiyatga intilishlari ancha yaxshi bo’lganlarning tavakkalchilikka moyilliklari o’rtacha bo’ldi.
Mag’lubiyatdan qo’rqadiganlar esa tavakkalchilikning yo o’ta quyi, yo o’ta yuqori darajasini tanladi. Sinaluvchilarda muvaffaqiyatga intilishi qanchalik kuchli bo’lsa, uning tavakkal qilishi kamroq bo’ldi, albatta, yutib chiqishiga ishonchi ham unchalik kuchli bo’lmadi. Motivasiyasi juda kuchli bo’lgan odamlar tavakkalchilar bo’lib, ular baxtsiz hodisalarni juda kam boshdan kechiradilar, chunki ularda mag’lubiyatdan qochish masalasi ham kuchli bo’ldi. Himoya instinkti yuqori bo’lsa, bu uning muvaffaqiyatga erishishiga ko’pincha g’ov bo’ladi, natijada tadbirkor oldiga yuqori maqsadli masalalar qo’ya olmaydi.
Demak, noaniq sharoitlarda ish olib borish, tavakkalchilik bilan bog’liq qarorlarni qabul qilish hamda ular ustidan shaxsiy javobgarlikni his etish tadbirkorlik xususiyatini ajratib turuvchi alohida sifat hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning o’zi tavakkalchilik qilish bilan bog’liq holat, deb baholash mumkin.




  1. Download 6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling