Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet34/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Ta’sirning tashabbuskori- bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-axvolni xam quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suxbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy ahloq normalari asosida tartibga solinadi.Muloqotning psixologik vazifalari turlichadir. Ya’ni:

  • informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir;

  • regulyativ vazifa - muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to`g`ri munosabatni tashkil qilishdan iborat;

  • signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar haqidagi signalni qabul qilish va uzatish;

  • nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi;

  • tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo`lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.

13-jadval




  • moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;

  • kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim almashinuviga aytiladi;

  • konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi;


  • Download 6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling