«ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 1.86 Mb.
|
Milliy istiqlol goyasi fanidan maruzalar
Respublikadagi o’ziga xos demografik vaziyat — g’oyat muxim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari yuksak sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Aholining yarmidan ko’prog’i qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan shugullanadi. Aholi tarkibida 60 foizdan ko’prog’ini bolalar, o’smirlar, 25 yoshgacha bo’lgan yigitqizlar tashkil etadi.
O’z ajdodlari qadimdan yashab kelgan joylarga boglanganlik ko’chib yurishga moyillikning yo’qligi respublika aholisiga xos xususiyatdir.Respublikaning yana bir xususiyati — aholi milliy tarkibining o’ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqyeni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda, respublika hududida o’z madaniyati va an’anasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O’zbekistonning milliymadaniy jihatdan g’oyat rangbarangligi milliy o’zligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish yo’lida qudratli omil bo’lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Keyingi o’n yillar mobaynida ma’lum k&driyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim va tibbiy xizmatga qat’iy tarafdorlikka intilishida namoyon bo’lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakkahokimlikdan iborat ma’muriybuyruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonning mulkka egalikdan va xo’jayinlik tuygusidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirilganligida ko’rinadi. Yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning o’zimiz tanlagan __ murakkab jarayon bo’lib, respublika ijtimoiy tur ning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviymadaniy boshqa barcha sohalarini qamrab oladi. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohishiroyaavlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, Uzbekiston fuqarolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy majlis qonununchilik palatasi va senatining qo’shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasida: mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlashni istardimki, «boshqariladigan iqtisod», «boshqariladigan demokratiya» deb atalmish modellar bizga mutlaqo to’rri kelmaydi. Shu ma’noda, mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi. Faqat mana shu asosda, mana shu negizda mamlakatdaga kambagallik va qoloqlik muammolarini hal etish mumkin va zarur. Inkor etib bo’lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qonqoniga, vujudiga singib ketishini istardim»1, deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlab berganligi bilan xarakterlanadi. Bu siyosiy sohada quyidagilarni bildiradi: -xalqning turmush tajribasiga, respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga, barcha ijtimoiy guruhlari va qatlamlarining manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish. Xalq ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishi lozimligini; -qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish. Jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo’yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo’ladi. Kuchli ijroiya hokimiyati bo’lmasa, hatto eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro’yobga chiqarilishini, fuqarolaryugag huquq va erkinliklari himoya qilinishini, siyosiy va ihtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta’minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi; — barcha fuqarolarning honun oldida huquqiy tengligini va qonunning ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqtartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat ustuvor bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo’lmaydi; — O’zbekistonda tushlgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, Respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo’lishga munosibdir, degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasini ro’yobga chiqarish. Avlodajdodlari yoki o’zlari o’tmishdagi fojiali voqyealar sababli xorijga ketib qolishga majbur bo’lgan o’zbeklar ham bemalol Respublikaning fuqarosi bo’lishlari kerak. O’zbekiston hududi o’zbeklarning milliy davlatchiligi bo’lgan birdanbir hudud ekanligini e’tiborga olib, Respublika o’zbeklar qayerda yashamasin, ularning hammasi uchun madaniy va ma’naviy markaz bo’lib holishi lozim; — ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urfodatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlash, davlat tuzilmalarining faoliyatida va jamoat turmushida faol qatnashish; -bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka-hokimligidan qat’iyan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilmaxilligini tan olish Bironta ham mafkura mutlaq haqiqatni bilishga da’vo qilishi mumkin emas. Ma’naviylik va insonparvarlik respublika hududida yasha"tgan barcha xalqlarning an’analari va urfodatlarini, lini tili va madaniyatini hurmat qilish qoidalariga ustuvorlik berilishi; __chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko’ppartiyaviylikni amalda shakllantirish. Ayni vaqtda, hokimiyatni zo’ravonlik bilan o’zgartirishni maqsad kilib qo’ygan, respublikaning davlat mustaqilligiga, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqadigan, milliy va diniy adovatni avj oldiradigan, konstitusiyaviy tuzumga, xalqning demokratik erkinliklari va ma’naviy negizlariga tajovuz qiladigan partiyalar va jamoat harakatlari qonundan tashqari bo’lishi kerakligi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada: -insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik Bu g’oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, shonsharafi va qadrqimmati, yashash joyini tanlash huquqi. O’zbekistonning kundalik hayotida inson huquqlarining Umumiy deklarasiyasida mustahkamlangan me’yorlarni izchillik bilan, ogishmay qaror toptirish; -ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash. Xalqlarning madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab topish va O’zbekistonga qaytarish; -qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish. Xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish, Respublika hududida yashovchi xalqlarning milliy madaniyatlari va tillariga o’zaro hurmat bilan munosabatda bo’lish; -hurfikrlilik vijdon va din erkinligi qoidalarini Qaror toptirish. Bir dunyoqarashning yakkahokimligi yangilangan jamiyatga yotdir. Har bir inson o’z e’tiqodiga ega bo’lish, o’zining diniy marosimlarini erkin bajo keltirish uqiga ega. Bugungi kunda din barcha illatlardan, yolgon va riyokorlikdan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga ko’maklashmoqda. Islom ota-bobolarimizning dini, musulmonlarning ongi, turish turmushining mohiyati, hayotining o’zidir. Davlat har bir musulmon uchun muqaddas bo’lgan Makkaga haj qilishda zarur yordam beradi; — ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetimesirlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchiyoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo’lgan kafolatli huquqlarini ta’minlash. Eng taraqqiy etgan mamlakatlarda insonni ijtimoiy muhofaza qshgash tizimi keng qo’llaniladi, bunga nihoyatda muhim ahamiyat beriladi, bizning sharoitimizda esa bu — fuqarolar totuvligani saqlab qolish kafolatidir; — hamma uchun ma’qul bo’ladigan sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, chaqaloqlar o’limini kamaytirish, odamlar umrini uzaytirish bo’yicha samarali choratadbirlarni amalga oshirish. Aholiga yuqori malakali tibbiy yordam olish shakllarini erkin tanlash imkoniyatlarini yaratish; — umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikdan o’tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berish. Yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur; — ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun shartsharoitlarni yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilish. Kishilar shuni aniq va ravshan anglab yetishlari kerakki, ma’naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, respublikaning chinakam mustaqilligini va ravnaq topishini ta’minlab bo’lmaydi. Fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonuniylik va huquqtartibotni qaror toptirish mana shunday siyosiy, va konstitusiyaviy tuzumga erishish kalitidir. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling