Ijtimoiy fanlar kafedrasi


-mavzu. IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi taraqqiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

 
7-mavzu. IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi taraqqiyoti 
 
IX  asrga  kelib  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  vafotidan  keyin  uning  o„g„illari  Ma'mun  va 
Amin o„rtasida o„zaro kurash boshlanib ketdi. Hokimiyat uchun bo„lgan kurashda Tohir ibn 
Husayn  Ma'mun  tomonidan  turib  Aminga  qarshi  kurashdi.  Ayrim  manbalarning  guvohlik 
berishicha,  813  yilda  Ma'mun  xalifalik  markazi  Bog„dodni  egallaydi  hamda  bir  necha  yil 
mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821 yilda esa 
Tohir  ibn-Husayn  Xurosonga  noib  etib  tayinlanadi  (o„sha  davrda  Movarounnahr  ham 
Xuroson  tarkibiga  kirar  edi).  Tohir  ibn-Husayn  Nishopur  shahrini  o„zining  qarorgohi  etib 
tanladi  va  xalifalikdan  mustaqil  siyosat  yurgizishga  harakat  qildi.  Natijada  u  822  yilda 
Ma'mun  odamlari  tomonidan  o„ldirildi.  Uning  o„rniga  o„g„li  Talxa  ibn  Tohir  (822-830  y.) 
noib  etib  tayinlandi.  Buning  sababi  shunda  ediki,  xalifalik  aynan  mahalliy  hukmdorlarning 
kuchidan arablarga qarshi  qo„zg„olonlarni  bostirishda foydalanar edi.  Talxadan keyin  taxtga 
o„tirgan  Abdulloh  ibn  Tohir  o„zigacha  bo„lgan  noiblar  siyosatini  davom  ettirdi.  Bu  davrda 
Xuroson  noibligiga  Movarounnahr,  Xorazm,  Seyiston,  Ko„histon,  Tabariston  va  Jurjon 
hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo„lingan. Bu birliklar katta 
va kichik  tumanlardan iborat  bo„lgan. Abdulloh  o„z hokimiyatini  mustahkamlash  maqsadida 
ayrim  harbiy  islohotlar  o„tkazgan  edi.  Bundan  tashqari  Tohiriylar  yuritgan  siyosatning 
xususiyatlaridan  yana  biri,  ularning  islomlashtirish  siyosati  edi.  Ayrim  ma'lumotlarga  ko„ra, 
Tohiriylar davrida O„rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi. 
 
IX  asrning  60-70  yillaridan  e'tiboran  tohiriy  hukmdorlarga  qarshi  xalq  harakatlari 
kuchaydi.  Bu  harakatga  G„oziylar  boshchilik  qildilar.  (“G„oziylar”  asosan  ko„chmanchi 
qabilalar  hujumini  bartaraf  qilish  maqsadida  kambag„al  hunarmandlar  va  yersiz 
ziroatchilardan  tashkil  topgan  qurolli  qo„shin).  G„oziylar  harakatini  aka-uka  Yoqub  va  Amr 
binni  Lays  boshqardilar.  Ular  dastlab  Seyistonda  hokimiyatni  qo„lga  olgach,  873  yilda 
tohiriylarning  qo„shinlariga  katta  zarba  berib,  Xuroson  poytaxti  Nishopurni  egalladilar.  Shu 
davrdan  e'tiboran  tohiriylar  sulolasi  barham  topdi  va  Xurosonda  hokimiyat  Safforiylar 
(misgarlar, Yoqub va Amr asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo„liga o„tib ketdi. Rasmiy 
jihatdan  Xuroson  va  Movarounnahr  ustidan  hukmronlik  qilib  turgan  tohiriylar  sulolasining 
inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o„lkani to„la mustaqilligini 
ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar 
siyosiy  maydondagi  kurashda  erkin  harakat  qila  boshladilar  va  ular  Movarounnahrda 

 
39 
markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g„oyasini shaharliklar 
ham,  dehqonlar  ham  qo„llab  quvvatladilar.  Chunki  birlashgan  va  markazlashgan  yagona  va 
qudratli  davlatgina  ko„chmanchi  qabilalarning  hujumini  daf  qila  olishi  mumkinligini  ular 
yaxshi  bilar  edilar.  Markazlashgan  yagona  hamda  qudratli  davlat  kuchli  harbiy  qo„shin 
yaratish imkoniyatini berardi. 
 
Mustahkamlanib  borayotgan  Somoniylar  davlatini  zaiflashtirish  maqsadida  Arab 
xalifasi  898  yilda  Movarounnahr  hokimligidan  Ismoilni  tushirib  uning  o„rniga  safforiylar 
sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo„natadi. Ismoil 899 va 900 
yillardagi  harbiy  to„qnashuvlarda  Amr  ibn  Lays  boshliq  safforiylar  qo„shinlarini  tor-mor 
keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo„ldi.  
 
Shunday  qilib,  Xorazm,  Isfijob,  Chag„oniyon  va  Xuttalondan  tashqari  (ularning 
hokimlari  somoniylarga  tobe'  edilar),  ulkan  hudud  (Movarounnahr  va  Xuroson)  somoniylar 
tomonidan bo„ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar  
 
Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan 
davlat  tuzishga  muvaffaq  bo„ldi.  Endi  bu  davlatni  idora  qilish  lozim  edi.  Shuning  uchun 
Ismoil  bir  qancha  islohotlar  o„tkazdi.  Mana  shunday  islohotlardan  biri  davlatni  boshqarish 
ma'muriyatini joriy qilish bo„ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 
10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini 
tashkil  etishda  Sosoniylar  eroni  va  Arab  xalifaligida  qabul  qilingan  tajribalardan  foydalandi 
va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.  
 
Devonlar orasida vazir yoki “xo„ja buzurg” devoni alohida o„rin tutgan. Bu devonga 
boshqa hamma devonlar bo„ysungan. U hamma ma'muriy, siyosiy va xo„jalik mahkamalarini 
nazorat qilgan.  
 
Davlatni  idora  etishda  “mustaufiy  devon”  ham  muhim  ahamiyatga  ega  bo„lgan.  Bu 
devon  davlatning  butun  moliya  ishlarini  boshqargan  va  nazorat  qilgan.  Devon  xazinador 
tomonidan boshqarilgan.  
 
“Devon  Amir-al-mulk”  yoki  “al-rasayi”  davlat  ahamiyatiga  molik  bo„lgan  rasmiy 
hujjatlarni  tuzish  bilan  shug„ullangan.  Bundan  tashqari  bu  devon  chet  davlatlar  bilan 
bo„ladigan munosabatlarni ham boshqargan.  
 
“Sohib  ash-shurat”  devoni  davlatning  butun  harbiy  ishlarini,  shu  jumladan  amirning 
shaxsiy qo„shinini boshqargan. “Sohib ash-shurat”ning maxsus yordamchisi-Aris bo„lgan. U 
mahkama va uning boshlig„i amir qo„shini xazinasi bilan shug„ullangan. Qo„shimcha bir yilda 
to„rt marta maosh to„lagan. Davlatni idora etishda “sohib al-borid” devonining ahamiyati ham 
juda  katta  bo„lgan.  Bu  devon  davlat  ahamiyatiga  molik  bo„lgan  hujjatlarni  va  xabarlarni 
yetkazish  bilan  shug„ullangan.  Devonning  hamma  shahar  va  viloyatlarda  mahalliy 
mahkamalari bo„lgan.  
 
“Muxtasiba”  devoni  bozorlarni,  sotuvchilarni,  qadoqboshlarning  og„irligi,  bozordagi 
mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.  
 
Davlat  xazinasining  daromadlarini  va  xarajatlarini  “mushrif”  devoni  nazorat  qilgan. 
Bundan  tashqari  “qozi  az-ziya”  va  “vaqf“  devonlari  bo„lgan.  “Qozi  az  ziya”  devoni  davlat 
yerlarini,  “vaqf”  devoni  hadya  etilgan  yerlarni  va  musulmon  ruhoniylarining  boshqa  mol-
mulklarini nazorat qilishgan. 
 
Devonlarning  aytarli  hammasini  viloyatlarda  boshqarmalari  bo„lgan.  Devonlarning 
viloyatlardagi  boshqarmalari  bir  tomondan  o„z  devonlariga,  ikkinchi  tomondan  viloyat 
hokimiga  bo„ysunishgan.  Bundan  faqat  “Sohib  al-borid”  devonining  amaldorlari  mustasno 
bo„lgan.  
 
Viloyat  va  tumanlar  amir  tomonidan  tayinlangan  hokimlar  tomonidan  idora  qilingan. 
Odatda  bunday  lavozimga  mahalliy  boy  zodagonlar  tavsiya  etilgan.  Somoniylar  davlatida 
musulmon ruhoniylarning ta'siri nihoyatda kuchli bo„lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida 
ham  faol  ishtirok  etganlar.  Somoniylar  davlatining  diniy  hayotida  hanifiylar  mazhabligiga 
mansub  ruhoniylar  hamma  diniy  lavozimlarni  o„z  qo„llariga  olishgan.  Ruhoniylarning 

 
40 
boshlig„i “ustod”, keyinchalik “Shayx ul-islom” deb atalgan. “Ustod” dan so„ng o„z lavozimi 
bo„yicha ruhoniylar orasida “xatib” turgan. U jome' masjidlarida juma namozida xutba o„qish 
huquqiga  ega  bo„lgan.  Bu  davrda  Buxoro  Sharqdagi  islom  olamining  eng  nufuzli 
markazlaridan  biriga  aylanadi.  Movarounnahrdagi  dastlabki  madrasalarning  bu  yerda  barpo 
etilishi ham bejiz emas. 
 
yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo„lgan: 
 
Mulki  sultoniy  -  shaxsan  amirga  tegishli  yer-suv,  tegirmon,  do„konlar.  Bu  mulkni 
qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana yer egaligining to'ma (umrbod berilgan yer), iqto' 
(merosiy) turlari bo„lgan.  
 
Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk:  hukmdor  tabaqa  xonadoni,  dehqon-zodagonlarga, 
sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli yer egaligi 
ham bo„lgan.  
 
Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa 
mutavallisi boshqargan. Jamoa mulki: yaylov, tog„ yonbag„irlaridagi lalmi yerlar. 
 
Xiroj  hajmi  shariat  va  davlat  qonunlari  asosida  belgilangan.  Somoniylarning  birgina 
Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.  
 
Somoniylar  davrida  yerlar  qaytadan  taqsim  qilingan.  Natijada  yer  egalarining  yangi 
guruhi  tashkil  topdi.  Ularning  ko„pi  sipohiylardan  chiqqan  edi.  Masalan,  Alpteginning 
Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog„i bo„lib, biror shahar yo„q ediki, unda uning qasri 
yo  bog„i,  yoxud  karvonsaroyi  bo„lmasa.  Uning  tasaruffida  minglab  otlar  va  chorva  mollari 
bo„lgan.  
 
Somoniylar  davrida  qudratli  markazlashgan  davlatning  vujudga  kelishi  natijasida 
Movarounnahr  va  Xurosonda  ma'lum  barqarorlik  qaror  topdi.  Bu  holat  mamlakat  iqtisodiy 
hayotiga  katta  ta'sir  ko„rsatdi.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo  tez  sur'atlar  bilan 
rivojlana  boshladi.  Movarounnahr  va  Xuroson  bu  vaqtda  Sharqning  iqtisodiy  jihatdan  eng 
rivojlangan o„lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta'riflar 
yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko„plab qishloq 
va  shaharlar  borligini  aholi  uchun  kerakli  hamma  narsalar  mavjudligini  zo„r  ehtiros  bilan 
bitganlar.  
 
 
 
Qoraxoniylar davlati 
 
Qoraxoniylar  davlati  yettisuv  hududidagi  Qarluq  (756-940)  davlati  o„rnida  tashkil 
topdi.  Uning  asoschisi  Sotuq  Bug„roxon  (915-955)  hisoblanadi.  U  942  yili  Bolasog„un 
hokimini  mag„lub  etib,  o„rniga  o„zini  xoqon  deb  atadi.  Qoraxoniylar  davlatiga  ikki  qabila-
Yag„mo va Chigil qabilalari birlashdilar. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning 
(Muntasir) Buxoroni ozod etish yo„lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 
Somoniylarning  G„aznadagi  noibi  Sabuktegin  997  yilda  vafot  etdi.  O„rniga  uning  o„g„li 
Mahmud G„azna hokimi bo„ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta'sirida 
edi.  
 
1001  yilda,  Sulton  Mahmud  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  bilan  shartnoma  tuzib, 
Amudaryoni  ikki  o„rtadagi  chegara  qilib  belgiladi.  Somoniylar  davlati  o„rnida  ikki  ulkan 
davlat 
tashkil 
topdi: 
birinchisi-Qoshg„ardan 
Amudaryogacha  cho„zilgan  Sharqiy 
Turkistonning  bir  qismida,  yettisuv,  Shosh,  Farg„onaning  qadimgi  hududlarini  o„z  ichiga 
olgan  Qoraxoniylar  davlati;  ikkinchisi  –  Shimoliy    Hindiston  sarhadlaridan  Kaspiy 
dengizining  janubiy  qirg„oqlarigacha  cho„zilgan  hamda  hozirgi  Afg„oniston  va  Shimoli 
sharqiy Eronni o„z ichiga olgan G„aznaviylar davlati edi.  
 
Qoraxoniylarda Qoshg„ar va Bolasog„un poytaxt sanalib, ulug„ xon shu shaharlardan 
birida  qarorgohda  o„tirgan.  Ulug„  hoqon  yoki  ulug„  xon  ul-hoqon  degan  nomda  yuritilgan. 
Arab  manbalarida  mazkur  unvon  sulton  ul-salotin,  fors  tarix  asarlaridagi  shahanshohga 
muvofiq  keladi.  Aynan  yuqoridagi  oliy  unvon  qoraxoniylar  davri  kitoblarida  tamg„ochxon 
deb ham yutirilgan. 

 
41 
 
Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg„ochxon tomonidan uning o„g„illari, qarindoshlari 
o„rtasida  taqsimlangan  edi.  Shu  bois  yer-mulk  masalasida  ota-o„g„il,  amaki,  jiyanlar  hamda 
aka-uka-yu amakivachchalar o„rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta'sir 
ko„rsatib turgan. 
 
yettisuvdan  turib  Movarounnahrni  boshqarish  qiyin  bo„lgan.  Qoraxoniylar  davrida 
Samarqand  elikxoni  ancha  kuchayib  ketgan  edi.  Saroyda  somoniylar  davlatida  bo„lganidek 
vazir,  sohibbarid,  mustavfiy,  hojib,  rayis-muhtasib  kabi  amaldorlar  bo„lgan.  Qoraxoniylar 
davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqyei kuchli edi. 
 
Qoraxoniylar davlati boshlig„i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma'muriy 
idoralar  ikkiga  bo„lingan:  dargoh  va  devonga.  Xoqonning  ulug„  hojibi  xoqon  bilan  fuqaro 
o„rtasida  vositachilik  qilgan.  Xoqon  saroyida  quyidagi  amaldorlar  bo„lgan:  og„ichi-shoyi 
kiyimlar  xazinachisi;  biruk-mehmonlarni  qabul  qilish  bo„yicha  mutasaddi;  oshchi-xoqon 
oshxonasi  boshlig„i  (bog„archi);  bitikchi-munshiy;  kotib-mirza;  qushchi-hoqon  ovining 
tashkilotchisi. 
 
Xoqonning  harbiy  qo„shinlari  cherik  deyilgan,  unga  suboshi,  yoki  sipohsolor 
qo„mondonlik  qilgan.  Kichik  zobit  chovush,  sipohiylar  to„dasi  qo„mondoni  xaylboshi 
deyilgan. Qo„shin o„nlik, yuzlik, mingliklarga bo„lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo„shi (harbiy 
lager) xonto„y deyilgan. Xoqon qo„shida doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Hoqonlikda 
elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan.  
 
Xoqonlik  hududlari  el,  viloyatlarga  bo„lingan  va  oddiy  xalq  budun  deyilgan.  Soliq 
to„lovchi  fuqaro  rayiyyat  deb  atalgan.  Qabila  boshliqlari  bek  deyilgan,  savdogarlar  sart  deb 
atalgan.  Qoraxoniylar  davlatida  hunarmandchilik  (kulolchilik,  to„quvchilik,  shishasozlik, 
temirchilik,  zargarlik),  shuningdek  ziroat  va  chorvachilik  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi 
sohalar  taraqqiy  etgan.  Shuningdek,  qimmatbaho  toshlar,  oltin,  mis,  temir  qazib  olingan. 
Shaharsozlik inshootlari pishiq g„ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer egaligining iqta' shakli 
keng  tarqalgan.  Xoqon,  vaqf,  jamoa  mulklari  qoraxoniylar  tasarrufidagi  asosiy  yer-mulklar 
hisoblangan. 
 
Iqta' egasi o„z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan 
qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo„lmagan. Majburiy 
ravishda  biror-bir  mahsulot  tortib  olinsa,  bunday  vaziyatda  iqta'ning  ma'lum  miqdori  qirqib 
olingan, yoki umuman tortib olingan. 
G„aznaviylar va Saljuqiylar  
 
G„azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga 
to„g„ri  keladi.  G„aznaviylar  davlatining  asoschisi  Sobuqtegin  bo„lib,  bu  davlat  uning  o„g„li 
Mahmud G„aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning 
hududi  Mahmud  G„aznaviyning  istilochilik  yurishlari  tufayli  shimoliy  va  shimoli-g„arbiy 
Hindistondan  Chag„aniyon  va  Xorazmgacha  cho„zilgan  bo„lib,  unga  Eronning  katta  qismi 
ham  kirgan  edi.  Mahmud  G„aznaviy  Movarounnahrdagi  qoraxoniylar  siyosatiga  va  ayniqsa 
Xorazmga katta ta'sir ko„rsatar edi. O„z davrining iqtidorli sarkardasi va qo„ttiqqo„l hukmdori 
bo„lgan Mahmud G„aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so„ng taxtni uning o„g„li Ma'sud 
(1030-1041) egallaydi. Lekin Ma'sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi. 
 
G„aznaviylar sultoni Ma'sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko„p bor 
jang olib borishga majbur bo„ldi. Mahmud G„aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga 
joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g„aznaviylar uchun katta xavf tug„dira boshladi. 
1035  yilda  saljuqiylarning  Xurosonga  yangi  hujumi  boshlanadi.  Nishopurdan  Niso  shahriga 
yetib kelgan g„aznaviylar qo„shini saljuqiylarga zarba bergan bo„lsada, Saljuqiyning nevarasi 
Tog„rul  va  Changri  boshchiligidagi  turkmanlar  kechasi  G„aznaviylar  qarorgohiga  hujum 
qiladi  va  g„alaba  qozonadi.  1037  yil  aprel  oyida  turkmanlar  Mari  viloyatini  uzil-kesil 
egallashga  erishdilar  va  Bag„dodda  xalifaga  hokimiyat  uchun  yorliq  berishni  so„rab  elchi 
jo„natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi. 

 
42 
 
Keyingi  yillar  turkmanlar  Tog„rul  boshchiligida  bir  qancha  zarbalar  berib, 
Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so„ng Ma'sud katta qo„shin bilan saljuqiylar 
ustiga  yurish  qildi.  1040  yilda  Mari  yaqinidagi  Dandanakon  degan  joyda  hal  qiluvchi  jang 
bo„lib, bunda Ma'sud qo„shini qattiq mag„lubiyatga uchradi. Jangdan zo„rg„a qochib qutulgan 
Ma'sud  tez  orada  (1040  y.)  vafot  etdi.  Uning  vorislari  g„aznaviylar  davlatining  avvalgi 
qudratini tiklashga muvaffaq bo„la olmadilar. 
 
G„aznaviylarga  tegishli  Xuroson  asta-sekin  saljuqiylar  qo„liga  o„tdi.  Saljuqiylar 
davlatining  bosh  sultoni  bo„lib,  Tog„rulbek  (1038-1063  y.)  saylandi.  U  katta  istilochilik 
yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo„histonni ham 
bosib olishga erishdi. 1055 yilda u katta qo„shin bilan Bag„dodga kirib keldi va xalifadan o„z 
nomiga xutba o„qitishni talab etdi. Shundan so„ng xalifa diniy hokimiyatni o„z qo„lida saqlab 
qolib  dunyoviy  hokimiyatni  sulton  unvoni  bilan  Tog„rulbekka  topshirdi.  Saljuqiylar 
davlatining  poytaxti  qilib  Tog„rulbek  Ray  shahrini  tanladi.  Uning  hukmronligi  davrida 
saljo„qiylar  Kavkazda  Vizantiya  qo„shinlariga  ham  katta  zarba  berdilar.  U  Movarounnahrda 
hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do„stona munosabatlar o„rnatdi. Lekin, uning vorisi 
Alp  Arslon  (1063-1072)  Amudaryoning  o„ng  sohilidagi  yerlarga  bir  necha  bor  harbiy 
yurishlar  uyushtirdi.  Vizantiya  imperatori  Roman  IV  Diogen  qo„shinlarini  mag„lub  etdi. 
Undan keyin taxtga o„tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089 yilda qoraxoniylar o„rtasidagi ichki 
nizolardan  foydalanib  Buxoro  va  Samarqandni  egalladi  va  katta  o„lja  bilan  orqaga  qaytdi. 
Lekin Qoraxoniylar Saljo„qiylarning yarim vassaliga aylandilar.  
Malikshohning  o„limidan  keyin  Saljo„qiylar  davlatida  taxt  uchun  o„zaro  kurashlar 
qizib  ketadi  va  1118  yilda  hokimiyat  buyuk  saljo„qiylar  sulolasining  so„nggi  yirik  vakili 
Sulton  sanjar  (1118-1147)  qo„liga  o„tadi.  Uning  davrida  Saljo„qiylar  davlatining  poytaxti 
Marv shahriga ko„chirildi. U Movarounnahrdagi  qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga 
katta ta'sir o„tkaza olishga erishgan saljo„qiylardan edi.  1141  yilda qoraxitoylar bilan Sulton 
Sanjar  va  uning  vassali,  ittifoqdosh  qoraxoniy  Mahmudxonning  birlashgan  qo„shinlari 
o„rtasida,  Samarqand  yaqinidagi  Katvon  cho„lida  bo„lib  o„tgan  jangda  qoraxitoylarning 
g„alaba  qilishi  Saljo„qiylar  davlatini  ancha  zaiflashtirdi.  Sulton  Sanjarning  harakatlariga 
qaramasdan  Saljo„qiylar  davlati  o„zining  avvalgi  qudratini  yo„qota  bordi.  Saljo„qiylarga  hal 
qiluvchi  zarbani  Balx  va  Xuttalon  viloyatlarida  yashovchi  ko„chmanchi  G„o„z  qabilalar 
berdilar.  Ular  Sulton  Sanjar  qo„shinlarini  tor-mor  etib,  uni  asir  oldilar.  G„o„zlar  himoyasiz 
qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o„t qo„ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan 
qochishga muvaffaq bo„lsa ham, lekin saljo„qiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin 
vafot etdi.  
Xorazmshohlar davrida o„zbek davlatchiligi  
 
Xorazmning  mustaqil  davlat  sifatida  shakllanishida  ko„p  xizmat  qilgan  hukmdor 
Qutbiddin  Muhammad  Otsiz  (1127-1156)  bo„ldi.  Saljo„qiy  Sulton  Malikshoh  davrida 
Xorazmni  hukmdori  bo„lgan  Anushteginning  nevarasi  Otsiz  o„zi  tobe  bo„lgan  Saljo„qiy 
sultonlarining  har  bir  xatosidan  ustalik  bilan  foydalandi.  Ayyor  diplomat  va  mohir  sarkarda 
bo„lgan  Otsiz  mustaqil  tashqi  siyosat  olib  bordi.  U  Xorazm  yerlarini  ancha  kengaytirib, 
Sirdaryoning quyi oqimi yerlarini, Mang„ishloqni bosib oladi. Shundan so„ng u bir necha bor 
(1138,  1141,  1142,  1147-1148  yy.)  Sulton  Sanjarga  qarshi  isyon  qildi  va  mag„lubiyatga 
uchrab  Saljo„qiylarga  butunlay  tobe  bo„lib  qoldi.  Lekin  shunga  qaramasdan  u  Xorazmni 
mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi.  
Muhammad  Otsizning  o„limidan  so„ng  o„g„li  Elarslon  taxtga  o„tirdi.  U  otasiga 
qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqyealardan foydalanib u 
Kaspiy  bo„yidagi  Dehiston  hududlari  bosib  olishga  erishdi.  Elarslon  otasi  davrida 
Xorazmning  bo„ysundirilgan  ko„chmanchi  turkman  va  qipchoq  qabilalari  yordamida 
Movarounnahrning  ichki  ishlariga  ham  tez-tez  aralasha  boshladi.  1158  yilda  u  katta  qo„shin 
bilan  Movarounnahrga  bostirib  kirdi.  Bu  vaqtda  qoraxitoylarga  vassal  bo„lgan  qoraxoniylar 

 
43 
ko„chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro 
va  Samarqand  uchun  olib  borgan  janglarda  yordam  berdi.  Lekin  qoraxitoylar  qo„shinlari 
yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo„ldi. U bir necha marta 
Xurosonga  yurish  qilgan  bo„lsa-da,  muvaffaqiyatga  erisha  olmadi.  1171-1172  yillarda 
qoraxitoylarning  katta  qo„shini  Xorazmshohning  o„lponini  o„z  vaqtida  to„lamayotganligini 
bahona  qilib  Xorazm  ustiga  yurish  qildi.  Elarslonning  buyrug„i  bilan  Sirdaryodagi  katta 
to„g„on buzib tashlandi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo„shini yurishini 
qiyinlashtirdi  va  Xorazmning  poytaxti  Gurganch  (Urganch)  ni  talon-taroj  qilishdan  saqlab 
qoldi.  
 
Lekin qoraxoniylarning  bu bosqini  davrida Elarslon  vafot  etdi. Undan keyin Xorazm 
taxtini  uning  kichik  o„g„li  Sultonshoh  egallaydi.  Arslonning  katta  o„g„li  Alouddin  Takash 
qoraxitoylar  yordami  bilan  ukasi  Sultonshohdan  taxtni  tortib  olishga  erishdi.  Sultonshoh 
Xurosonga qochishga majbur bo„ldi. Shundan so„ng Alouddin Takash (1172-1201) Xorazmda 
mahkam  o„rnashib,  qoraxitoylarga  va'da  bergan  o„lponni  to„lashdan  bosh  tortadi.  Unga 
javoban  qoraxitoylar  Xorazmga  yana  yurish  qiladilar,  lekin  muvaffaqiyatsizlikka  uchrab, 
Sultonshoh  ixtiyoriga  bir  kichik  qo„shin  qoldirib  o„zlari  orqaga  qaytadilar.  Sultonshoh  esa 
qo„shin bilan Marv shahrini, Seraxs va Tusni egalladi.  
 
Lekin  Takashning katta  xatosi shunda ediki, u o„zining xotini  Turkon xotun  mansub 
bo„lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi. Ularni doimo qo„llab-quvvatladi. Turkon 
xotunning  davlat  ishlariga  aralashuvi  Xorazmdagi  ichki  nizolarini  kuchayishiga  olib  keldi. 
Takashning o„limidan keyin Xorazm taxtiga uning o„g„li Alouddin Muhammad o„tirdi (1200-
1220). 1203 yilda Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. 
Hirotni  va  yaqin  atroflarini  egalladi,  1207  yilda  u  o„z  poytaxtiga  qaytib,  Movarounnahrni 
bosib  olish  uchun  tayyorgarlik  ko„ra  boshladi.  Shu  yilning  o„zidayoq  Muhammad 
Movarounnahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko„tarilgan 
xalq  qo„zg„oloni  edi.  Bu  qo„zg„olon  1206  yilda  Buxoro  sadri  (hokimi)  Muhammad  ibn 
Abdulazizga qarshi qaratilgan edi.  Buxoro sadrlariga xos barcha  yomon xislatlar bu odamda 
mujassam  edi.  U  xalqdan  katta  soliqlar  olib  ularni  shafqatsizlarcha  ezar  edi.  U  diniy  rahbar 
bo„lishiga qaramasdan aysh-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi. 
 
Buxoroda  uning  zulmiga  qarshi  xalq  harakatining  asosiy  kuchlari  shahar 
hunarmandlari  edi,  qishloq  aholisi-dehqonlar  bu  harakatni  qo„llab-quvvatladi.  Bu 
qo„zg„olonning  boshlig„i  qalqon  yasovchi  ustaning  o„g„li  Malik  Sanjar  ismli  shaxs  edi. 
Qo„zg„olonchilar  sadr  Muhammadni  quvib  chiqardilar.  U  qoraxitoylardan  yordam  so„radi. 
Lekin  Xorazmshoh  Muhammad  qoraxitoylardan  oldinroq  harakat  qilib,  Buxoroni  bosib  oldi 
va  shu  tariqa  Movarounnahrni  Xorazm  tarkibiga  qo„shib  olish  boshlandi. 
 
Qo„zg„olonchilarning  boshlig„i  Malik  Sanjar  Urganchga  olib  ketildi.  Movarounnahr 
xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad 
Xorazmshoh Qoraxitoylarning vassali bo„lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) 
Usmon  bilan  do„stona  munosabat  o„rnatdi.  Bu  esa  qoraxitoylarning  Samarqandga  yurish 
qilishiga  olib  keldi  va  ular  shaharni  bosib  oldilar.  Bu  vaqtda  mo„g„ul  qabilalaridan  biri 
bo„lgan  naymanlar  qoraxitoylarning  yettisuvdagi  yerlariga  bostirib  kirdilar.  Shuning  uchun 
qoraxitoylar  shoshilinch  ravishda  orqaga  qaytishga  majbur  bo„ldilar.  Qoraxitoylarning  qiyin 
ahvolga  tushib  qolganidan  foydalangan  Xorazmshoh  Samarqandni  egallab  (Usmon  uning 
vassaliga aylandi) qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210 yilda qoraxitoylar 
qo„shini  ustidan  g„alaba  qozondi.  Bu  g„alaba  tufayli  Muhammad  Xorazmshohning  ahvoli 
ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning to„liq vassaliga aylandi 
va uning kuyovi bo„ldi. 
 
Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo„lgan Samarqand xalqi 
1212 yilda qo„zg„olon ko„tardi. Katta qo„shin bilan Xorazmshohning o„zi Samarqandga kirib 
borib qo„zg„olonchilardan shafqatsizlarcha o„ch oldi va kuyovi Usmonni ham o„ldirdi. 
Shundan so„ng u Movarounnahrdagi vaziyatni o„z foydasiga hal etish uchun Farg„onani 

 
44 
Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O„zgan shahrini ham egalladi va shu tariqa 
qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoylar sulolasini esa ko„chmanchi naymanlar 
Quchluq rahbarligida tugatdilar. Xorazmshoh O„rta Osiyoni butunlay egallagandan so„ng 
G„arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg„onistonni bosib oldi. Hattoki Bag‟dod 
halifasini urinib ko‟rdi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling