Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O„zbekiston tarixi”fanidan bitiruvchi talabalar uchun sharhlov maruzalari bo„yicha o„quv uslubiy qo„llanma (barcha yo„nalishlari uchun)
- «Tasdiqlayman» O„quv ishlari bo„yicha prorektor v/b, f.f.d., prof. X.S.Zaynutdinov _________________ «___» _________ 2014 y.
- Taqrizchilar
- 1-mavzu. O„zbekiston tarixi fani predmeti, uni o„rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Reja
- Tayanch so„z va iboralar
- O„zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va usullari
- O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o„rganishda manbalarning ahamiyati
1 O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi “O„zbekiston tarixi”fanidan bitiruvchi talabalar uchun sharhlov ma'ruzalari bo„yicha o„quv uslubiy qo„llanma (barcha yo„nalishlari uchun) Toshkent - 2014 2 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI «Tasdiqlayman» O„quv ishlari bo„yicha prorektor v/b, f.f.d., prof. X.S.Zaynutdinov _________________ «___» _________ 2014 y. “O„zbekiston tarixi”fanidan bitiruvchi talabalar uchun sharhlov ma'ruzalari bo„yicha o„quv uslubiy qo„llanma (Barcha yo„nalishlari uchun) Toshkent-2014 3 Tuzuvchilar: dots.K.K.Ismailov,Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri katta o„qituvchi: S.X.Qodirova Taqrizchilar O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d.S.B.Shadmanova Toshkent Pediatriya instituti, O„zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent M.A.Axmedova Sharhlov ma'ruzalar bo„yicha tayyorlangan ushbu o„quv uslubiy qullanma bakalavr ta'lim yo„nalishining bitiruvchi talabalari “O„zbekiston tarixi” fanidan Davlyat Attestatsiya sinovlari topshiriqlariga tayyorlanishlarida foydalanishlari uchun tavsiya etiladi. Mazkur qo„llanmada O„zbekiston tarixi fanidan DAK savollari, baholash mezoni ham keltirilgan bo„lib, talaba to„plashi kerak bo„lgan ballarni yig„ishda yo„riqnoma sifatida foydalanadi. 4 KIRISh O„zbekistonning davlat mustaqilligini qo„lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy orzusi ushaldi, o„z taqdiri va kelajagini o„zi yaratadigan bo„ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog„liq qator islohotlar o„tkazildi. Jumladan, ana shu buyuk o„zgarishlarni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko„hna tarixiga bo„lgan munosabati tubdan o„zgardi. Zero, Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek: “O„z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo„q” 1 . Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g„oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy tariximizni o„qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo„lida dastlabki sinovlardan o„tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo„yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog„liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g„oyani, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog„lom fikrni uyg„otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g„oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma'naviyatli komil inson bo„lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo„lida “O„zbekiston tarixi” fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlari hamda maktablarda o„qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. 1-mavzu. O„zbekiston tarixi fani predmeti, uni o„rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Reja: 1.O„zbekiston tarixining predmeti va dolzarb muammolari. 2.O„zbekiston tarixini yoritishning nazariy-metodologik asoslari. 3.Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli. Tayanch so„z va iboralar: mustaqillik; o„rganish ob'ekti, xolislik; ilmiylik, xaqqoniylik, uzviylik, ob'ektivlik, tarixiylik metodologiya, komil inson, davrlashtirish, fanning manbalari va dolzarb muammolari, insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy istiqlol. Ma'ruza maqsadi: Sobiq sho„ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo„lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz I.Karimov bu xaqida: “O„zbekistonning, o„zbek zalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan xaqqoniy tarixi yaratilimi-yo„qmi? Sovet davridagi yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O„zgalar yozib bergan tarixini o„qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o„ziga qaram bo„lgan xalq xaqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g„ayratlarini Turkistonning o„tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo„lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo 1 Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент, Маънавият, 2008. – Б.4. 5 bo„lish – xayotdan judo bo„lish demakdir” – deb juda o„rinli uqtirgan edilar. Shunday ekan mazkur ma'ruzaning maqsadi xaqiqiy tarixning o„rganishi ob'ektini to„g„ri aniqlash, xolislik, ob'ektivlik, ilmiylik, uzviylik tamoyillariga tayanish shart uning davrlarini va manbalarini to„g„ri tushunish va eng muximi o„zbek xalqining mustaqillikni qo„lga kiritishi tasodifiy xodisa bo„lmasdan, uning chuqur tarixiy zaminga ega ekanligini asoslab berish lozim. Nazariy qism: Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o„tmishga oid har xil voqyea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo„lishi va uning tadrijiy-evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o„rganadi. Shuningdek, O„zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqyeliklarga juda boy. O„zbekiston tarixi fani mana shu voqyeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo„lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo„shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o„rganadi. Tarixiy haqiqat to„la ro„yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va ob'ektini to„g„ri belgilanishi o„ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, O„zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va ob'ekt masalasi asosiy masala bo„lib hisoblanadi. Zero, fan uning o„rganish predmeti va ob'ekti aniq bo„lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo„lib, maqsadga erishish mushkul bo„ladi. O„zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o„laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o„z o„rni va mavqyega ega. U barcha fanlar tarixini ham o„z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu uning o„rganish predmeti va ob'ekti hamda vazifasida to„la namoyon bo„lmog„i kerak. O„zbekiston tarixi fani o„z xususiyatiga ko„ra, birinchidan, o„zining butun diqqat e'tiborini faqat o„tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o„rganadi. Ikkinchidan, O„zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqyea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o„rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqyea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqye' bo„lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo„lib o„tgan voqyeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi. Uchinchidan, O„zbekiston tarixi fani o„tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o„rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturilamal bo„ladi. To„rtinchidan, O„zbekiston tarixi fani ko„p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o„zaro bog„liqlikda, bir butunlikda o„rganadi. O„zbekiston tarixi fani, O„zbekistonning o„tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqyeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o„rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqyea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O„zbekiston tarixi fanining o„rganish makoni-ob'ekti O„zbekistonning tarixidir. Ob'ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma'lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog„liq bo„lib, shular doirasidagi voqyea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o„z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun ob'ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to„la yoritib berolmaydilar. 6 Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o„rganish ob'ekti bitta ya'ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro„yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta'sir etadi. Ammo, shuni ham ta'kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir. Xulosa shuki, tarix fani ya'ni, O„zbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy- gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo„lishiga bog„liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog„liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to„la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta'sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo„ladi. Tarix falsafasi deganda, tarix ya'ni o„tmish tajribasi va sabog„idan to„g„ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o„tmish-tarixga qarab, kelajakni to„g„ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. O„zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va usullari Har qanday fan kabi O„zbekiston tarixi fani ham o„zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O„zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo„lidagi nufuzini ortib borishi uchun o„ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar O„zbekiston tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo„lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro„yobga chiqishi uchun ma'sul bo„lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo„lishi ya'ni, tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g„oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki, bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to„laroq ro„yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O„zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy- nazariy asoslari, g„oya va ta'limotlari nimalardan iborat bo„lishi o„ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta'kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q“, “O„zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq-ma'naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to„g„ri anglatuvchi o„ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg„a surdi. Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o„z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g„aflat uyqusidan uyg„otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e'tiborni tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo„qning o„zi yo„q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o„zlari tashkil etgan jadid maktablarida o„qita boshlashi bilan, millatni o„z tarixidan bahramand qilishdek o„ta buyuk ma'rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar. Buyuk jadid Abdulla Avloniy so„zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani shuningdek, tarix ta'limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat –yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu taraqqiyotni) istasa, - deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo„ladi, zero, tarix bir ko„zguga o„xshaydi». Tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o„rganish ob'ekti (ma'lum mavzu) evolyusiyasini, uning ma'no va mazmunini to„g„ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqyealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa) larning so„zdagi aniq ifodasi bo„lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro„yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to„g„ri yo„l ko„rsatuvchi dasturamaldir. Eng qisqa va tushunarlik qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fani ya'ni dirijyoridir. 7 Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq «ittifoqdosh» mamlakatlar, shuningdek, O„zbekistonda ham g„oyaviy-nazariy, mafkuraviy- falsafiy bo„shliq paydo bo„ldi. Bu esa, o„z-o„zidan boshqa mamalakatlarda bo„lganidek, bizning Vatanimiz – O„zbekiston tarixi fani uslubiyati (metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog„i, butunlay yangitdan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo„ydi. Bu o„ta muhim ilmiy –amaliy masalani ishlab chiqish, o„z-o„zidan tarixchi va boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag„onlik bilan singdirilgan kommunistik g„oya, ta'limot va mafkuradan holi bo„lishi uchun tarixan o„tish davrini talab etishi tabiiy bir hol bo„ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so„ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yozilgan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodologik ilmiy –nazariy va g„oyaviy asoslari hamda usullarini ko„rsatishning iloji bo„lmadi. O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya kuroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g„oyasini olg„a surdi. O„zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o„quv yurtlarida ilk bor, keng miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o„rganila boshlandi. Bularning samarasi o„laroq, keyingi paytda O„zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo bo„ldi. Avvalo, metodologiya haqida to„xtalsak, metodologiyaning lug„aviy ma'nosi grekcha «methodos» va «logos» degan ikki so„z birikmasidan iborat bo„lib, metod ya'ni usul – tadqiqot olib borish usuli (yo„li), nazariya, ta'limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya ya'ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o„rganishning eng qulay usullari, eng to„g„ri va mukammal g„oyasi, nazariyasi va ta'limotlari majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma'noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma'lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo„llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o„rganuvchi va o„qituvchilarni aniq maqsad sari to„g„ri yetaklaydi, ya'ni tarix haqqoniy yozilishi va o„rganilishiga yo„l-yo„riq ko„rsatadi. 1.O„zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g„oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: - Din bilan dunyoviylik o„rtasida mo„tadil munosabat bo„lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi; - Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas xodisa hamda qadriyat deb tushunmoq; - Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtai nazari va bag„rikenglik asosida yondashish; - Tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion – tadrijiy yo„l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq; - Tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta'limotga bog„lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatta-harakat bo„lgan deb tushunmoq; - Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqyelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi; - Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g„oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi 2.O„zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat: - Ilmiy xolislik (ob'ektivlik); - Tarixiy – tahliliylik; - Mantiqiy – uzviylik; - Vorislik va izchillik; - Xronologik izchillik; 8 - G„oyaviylik va vatanparvarlik; - Halol va xolislik; - Qiyoslash va kuzatish; - Kuzatish va umumiylashtirish; - Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; - Matematik hisoblash; - Shakllash va modellashtirish; - Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz'iy)likka (deduksiya); - Etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, matematika va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish; Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog„i dinlar) tarixi bilan uzviy bog„liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo„lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo„ladi. Ma'lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to„sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo„lsa, uni shundayligicha o„rganish ustivor bo„lmog„i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo„tadil, mutanosiblik asosida o„rganilmog„i hozir eng asosiy zaruriyat bo„lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo„q terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to„la yozilishiga imkon beradi. O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o„rganishda manbalarning ahamiyati Vatan tarixida ham davrlashtirish masalasi o„ta muhim masaladir. U shu tarixni o„rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va metod (usul)lari bilan bevosita bog„liq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy ilmiy-nazariya, g„oya, ta'limot va metodologiya (uslubiyat) hamda usullar bilan qurollangan bo„lsa, u shunchalik to„g„ri davrlashtiriladi. Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o„z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqyea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g„oyaviy dunyo qarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o„choqlaridan biri hisoblanadi. O„tmishda taqdir taqozosiga ko„ra tariximiz aniqrog„i Vatanimi xududi jahon miqyosda kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o„ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo„lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O„zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi. Hozirgi kunda asosiy e'tibor tarixni evolyusion-tadrijiy uzliksiz rivojlanish va geografik hududiy mintaqa asosida davlashtirishga qaratilmoqda. Bunga keyingi paytlarda chop etilgan tarixiy asarlar, o„quv qo„llanma va darsliklarning mazmun hamda mundarijalari guvohlik berib turibdi. Ushbu darslik maxsus tuzilib tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Shuning uchun ham, unda O„zbekiston tarixi boshdan-oyoq shartli ravishda eng muhim davrlarga bo„lindi. Bular quyidagilar: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling