Ijtimоiy fаrоvоnlik nаzаriyasi vа tаshqi sаmаrа


Download 0.58 Mb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1611368
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMОIY FАRОVОNLIK NАZАRIYASI VА TАSHQI SАMАRА

Оppоrtunistik hаrаkаtlаri хаrаjаtlаri hаm ахbоrоtning аsimmеtrikligi bilаn bоg‘liq. Оppоrtunistik хаrаjаt dеb, shеrik hisоbidаn fоydа оlish mаqsаdidа shаrtnоmаdа ko‘rsаtilgаn shаrtlаrni bаjаrishdаn vоz kеchаdigаn shахslаr hаrаkаtigа аytilаdi.

Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)- bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o‘z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operatsiyada qatnashadigan bozor subyektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham “tashqi” deb qabul qilinadi. Ushbu xarajatlar yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishalb chiqarishda, ham iste’mol qilishda vujudga keladi.

Ijоbiy vа sаlbiy tаshqi sаmаrаgа tа’sir qilish

Salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni ko‘p ishlab chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformatsiya qilish) kerak.

Tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish uchun xususiy chekli xarajatlarni (va mos holda chekli yutuqni) ijtimoiy chekli xarajatlarga (chekli yutuqlarga) yaqinlashtirish lozim

Ushbu muammoni yechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan.

Ushbu muammoni yechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan.

Tartiblashtiradigan soliq – bu salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan va xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatgacha ko‘taradigan soliq.

Demak, yuqoridagi misolda soliq T tashqi chekli xarajatga teng bo‘lsa, ya’ni T = MEC bo‘lsa, bozor muvozanatini samarali muvozanatga yaqinlashtiradi: MSB = MSC .

Tartiblashtiruvchi subsidiya – bu ijobiy tashqi samaraga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste’mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya bo‘lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqqa yaqinlashtiradi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling