Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari fanidan


Bilimlarni o’zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi


Download 89.03 Kb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi89.03 Kb.
#1555893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
matematika kurs ishi 2

Bilimlarni o’zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog’lanishlar g’oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo’lib qolmay, bir- biri bilan bog’langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin murakkablashtirib borilishi lozim.
Puxta o’zlashtirish prinsipi esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o’zaro shu qadar bog’langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o’z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo’ladi. Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning biror qismini yaxshi o’zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.
Individual yondashish (ravonlik) prinsipi. Ravonlik prinsipi bolalarning yosh xususiyatlarini, ya'ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu prinsip matematikani o’qitish protsessida amalga oshirilishi shart. (Lekin bizning bog’chalarimizda bu prinsip amalga oshirilmayapti).
MTTda ta‟lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari. MTT ta‘lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatlarini hisobga olish.

  • Ta‘lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi:

  • Bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish:

  • Bolaning ijodiy qobilyatlarini qo’llab-quvvatlash:

  • O’yin orqali ta‘lim berish va rivojlantirish:

  • Bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish:

  • Bola uchun xavfsiz muhitni ta‘minlash:

  • MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi:

  • Milliy madaniy an‘analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish:

  • Bolaning maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta‘lim tashkilotlari rahbari javobgar bo’ladi.




Download 89.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling