Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish orqali real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunish va predmetlar shakli, o’lchami haqidagi bilim va ko’nikmalirini shakillantirish , bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish, mantiqiy fikrlay olish yordam berish. Matematikaga oid bilimlar boshqa oladigan bilimlarga qaraganda savodlilikkka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka, o’z fikr va xulosalarini nazorat qila olishlikka o’rgatadi.
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta va tayyorlov guruhlarda matematik tasavvurlarni shakllantirish haqida tarbiyachilar olib borayotgan ta’limiy faoliyatlar jarayoni.
Kurs ishing vazifalari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarni shakllantirirshga doir olib borilayotgan ishlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi.
Katta va tayyorlov guruhlarida matematik tasavvurlarni shakllantishning vazifalari va vositalari.
MTTda bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari.
Ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonlarini unumli tashkil etish.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob, 5 paragraf, glossariy, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB Matematik tasavvurlani shakllantirish nazariyasi va texnologiyasining maqsad va vazifalari.
1.1 Maktabgacha yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik prinsiplari va tamoyillari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik taasavvurlarni shakllantirishda pedagogikadagi asosiy prinsplaridan foydalanamiz. Ular quyidagilardan iborat. Ilmiylik prinsipi bog’chada o’rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo’lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya'ni biz ilmiylik to’g’risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |