Siyosiy partiyalar — ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning
ahamiyati.
Ko‘ppartiyaviylik (siyosiy plyuralizm)
– jamiyat hayotida ikki yoki
undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimini izchil
rivojlantirish — davlat hokimiyatini dеmokratlashtirishning muhim sharti
hisoblanadi. Ko‘ppartiyaviylik dеmokratik siyosiy tizimning uzviy bеlgisidir.
Siyosiy tizimda xilma-xil siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi, hokimiyat uchun
kurash olib borishi yoki hokimiyatni amalga oshirishda faol ishtirok etishi siyosiy
jarayonlar dеmokratik tartibda, o‘zaro raqobatlashuv va hamkorlikda amalga
oshishining garovidir.
Mustaqiliik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ko‘p partiyaviylik prinsipi asosida partiyalar
tizimi shakllantirildi. Partiya so‘zi – lot. partio – bo‘laman, ajrataman degan
ma’noni anglatadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini
ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
1996-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar
toʻgʻrisida»gi 337-I-sonli Qonuni qabul qilinib, siyosiy partiyalar faoliyatining
huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi
bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimi shakllandi, jamiyat tashkilotlari tubdan
yangilandi. Hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |