Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy unvonga talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi


Download 186.87 Kb.
bet10/17
Sana08.11.2023
Hajmi186.87 Kb.
#1758287
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
PA Maxsus Imtixon savollari 2023.7.02 (2)

Siyosiy partiyalar — ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning 
ahamiyati. 
Ko‘ppartiyaviylik (siyosiy plyuralizm)
jamiyat hayotida ikki yoki 
undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimini izchil 
rivojlantirish — davlat hokimiyatini dеmokratlashtirishning muhim sharti 
hisoblanadi. Ko‘ppartiyaviylik dеmokratik siyosiy tizimning uzviy bеlgisidir. 
Siyosiy tizimda xilma-xil siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi, hokimiyat uchun 
kurash olib borishi yoki hokimiyatni amalga oshirishda faol ishtirok etishi siyosiy 
jarayonlar dеmokratik tartibda, o‘zaro raqobatlashuv va hamkorlikda amalga 
oshishining garovidir. 
Mustaqiliik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ko‘p partiyaviylik prinsipi asosida partiyalar 
tizimi shakllantirildi. Partiya so‘zi – lot. partio – bo‘laman, ajrataman degan 
ma’noni anglatadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini 
ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali 
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 
1996-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar 
toʻgʻrisida»gi 337-I-sonli Qonuni qabul qilinib, siyosiy partiyalar faoliyatining 
huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi 
bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimi shakllandi, jamiyat tashkilotlari tubdan 
yangilandi. Hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 



  1. Download 186.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling