Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy unvonga talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi


Download 186.87 Kb.
bet7/17
Sana08.11.2023
Hajmi186.87 Kb.
#1758287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
PA Maxsus Imtixon savollari 2023.7.02 (2)

Oldingi tahrirga qarang.
Axborot tizimini amaliyotga joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasalariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish vazifasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga yuklatilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘ysunuvida oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
xalqaro moliya tashkilotlarini jalb qilgan holda 2022-yil yakuniga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida bozor mexanizmlariga asoslangan biznes jarayonlarini joriy etish, ularni xususiylashtirish, ular faoliyatiga korporativ boshqaruvni joriy etish hamda to‘liq moliyaviy mustaqillik berish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
oliy ta’lim muassasasi hamda bitiruvchilar o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatish, ularning kelgusi professional faoliyati, erishgan yutuqlari va tajribalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish, ular bilan talabalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, mahorat darslari tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin. Bunda, bitiruvchilarning kelgusida erishgan yutuqlari oliy ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining fuqarolarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish, ta’lim jarayonini ilg‘or oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot berib borishini ta’minlasin.
9. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berilsin.
10. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
davlat oliy ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lashdan ozod etilganligi;
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi;
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llanilishi.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6318-son Farmoni 3-bandida nazarda tutilgan bojxona bojidan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz o‘quv hamda ilmiy laboratoriya jihozlari, maxsus asbob-uskunalar, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlarini olib kiruvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda bojxona bojidan ozod qilinadigan tovarlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali onlayn monitoring qilish imkoniyatini yaratsin. Bunda, xarajatlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan ajratmalarning Moliya vazirligi axborot tizimi orqali avtomatik tarzda o‘tkazilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. Milliy teleradiokompaniya Milliy axborot agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga doir maxsus media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini ta’minlasin.
14. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdori asosida moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyul va 2023-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.



  1. Ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, kasb-xunarga o‘qitish va turarjoy bilan ta’minlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga jiddiy e’tibor qaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar (Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqidan, 6 noyabr 2021 y.).


  2. Download 186.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling