Termiz davlat universiteti xuramov I. P. Professional ta
Download 379.62 Kb.
|
Termiz davlat universiteti xuramov I. P. Professional ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaripov Lochin Rustamovich
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI XURAMOV I.P. PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI RAHBARLARINING TASHKILIY BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI Termiz–2022 Professional ta’lim tizimi rahbarlarining tashkiliy boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish muammolari. Monografiya. I.P.Xuramov. – Termiz.: “.................” nashriyoti, 2022. – ___ b. Mas’ul muharrir: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich – pedagogika fanlari doktori, professor. Taqrizchilar: Qodirov Baxtiyor Eshmurzaevich - Termiz davlat universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Zaripov Lochin Rustamovich – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish markazi bo’lim boshlig’i, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Mazkur monografiyada Boshqaruv faoliyati mazmuni, talablari va yo’nalishlarini takomillashib borishi rahbar xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy va innovatsion yondashuvlarni talab etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tezkor rivojlanuvchi ta’lim muhitida professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarning boshqaruv faoliyatida boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari va usullarini izlash bilan bog’liq dolzarb vazifalarni yechimini topishni taqozo etishi o’z aksini topgan.Shuningdek, rahbarlar kompetentligini modellashtirish, kasbiy tajriba asosida rahbar boshqaruv kompetentligini rivojlantirish, rahbar ijtimoiy-perseptiv kompetentligini baholash tizimini optimallashtirish, boshqaruvchi kommunikativ kompetentligini xalqaro hamkorlikda rivojlantirish, rahbar professional kompetentligini akmeologik baholash, madaniyatlararo munosabatlar sharoitida rahbar ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish, yosh rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirish bo’yicha shart-sharoitlari mazmuni yoritilgan. Monografiyadan ,oliy ta’lim muassasalarining professional ta’lim yo’nalish talabalari, magistrlari, bo’lajak professional ta’lim muassasalari rahbarlari, o’rta bo’g’in rahbarlari va keng jamoatchilik ham foydalanishlari mumkin. Monografiya Termiz davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2022 yil ___ - _________ №__ - sonli yig’ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. KIRISH Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda ta’lim muassasasi rahbar hodimlarning psixologik kompetentligini modellashtirish strategik rivojlanishning muhim yo’nalishi sifatida amaliyotga tatbiq etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Dunyomizning o’zgarishi: 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish uchun Kun tartibi” dasturi hamda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun taraqqiyot siyosatiga doir tadbirlarni har tomonlama joriy qilish, jadallashtirish va qo’llab-quvvatlash” (MAPS) yondashuviga asoslanib, ta’lim muassaslarining boshqaruv tizimi uchun rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, nomzodlarni bilim saviyasini va malakasini oshirish bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni psixologik kompetentligi mazmunini takomillashtirish bo’yicha loyihalar amalga oshirilmoqda1 . Jahondagi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida rahbar va o’rta bo’g’in rahbarlari kompetentligini modellashtirish, kasbiy tajriba asosida rahbar boshqaruv kompetentligini rivojlantirish, rahbar ijtimoiy-perseptiv kompetentligini baholash tizimini optimallashtirish, boshqaruvchi kommunikativ kompetentligini xalqaro hamkorlikda rivojlantirish, rahbar professional kompetentligini akmeologik baholash, madaniyatlararo munosabatlar sharoitida rahbar ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish, yosh rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu jihatdan ta’lim menejmenti yo’nalishida boshqaruvchilar tayyorlaydigan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv dasturlarini ishlab chiqishning istiqbolli yo’nalishlari professional, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiy-informatsion, ijtimoiy-psixologik, kognitiv, uslubiy-maxsus, ijtimoiy-madaniy va autopsixologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida professional ta’lim muassasalari rahbarlarining psixologik kompetentligini modellashtirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.2 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga professional ta’lim dasturi YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashmaganligi, o’quv jarayoniga O’zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to’laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o’rin egallashlariga to’sqinlik qilmoqda. Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish ko’zda tutilgan. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasida Ta’limning halqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etildi.3 Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinif bitiruvchilarini ijtimoiy qo’llab quvatlashga qaratilgan boshlang’ich professional ta’lim (kasb-hunar maktablari) bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari . Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o’rta professional ta’lim (kollejlar) bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari. Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o’rta maxsus professional ta’lim (texnikumlar) bosqichlarida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari xuzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.4 Download 379.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling