Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Download 1.34 Mb.
|
Bakirov F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Kasbiy psixoligiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari reja
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILLIALI “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “Kasbiy psixologiya” FANIDAN MUSTAQil ish BAJARDI:7A-19 MT GURUH TALABASI. BAKIROV. F TEKSHIRDI: Nazarova.M OLMALIQ 2021-2022Mavzu:Kasbiy psixoligiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari reja:Asosiy qism1.Kasbiy psixoligiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari mavjud. Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan. Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o‘rganishning o‘ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi.Kasb psixologiyasi metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi: sub’ektiv tamoyil - o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyil. Ob’ektiv tamoyil - psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o‘rganishni nazarda tutuvchi tamoyil. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro‘yxati beriladi. Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar. ( Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari interpretatsion metodlar (usullar). Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi: sub’ektiv metodlar (o‘zini o‘zi kuzatish); ob’ektiv metodlar (kuzatish turlari; eksperiment, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling