Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 1.34 Mb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1028734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bakirov F

SO‘ROV Odatda tasviriy va korrelyasion tadqiqotlarda foydalaniladigan so‘rov metodi tadqiqotning sayozligi bilan ajralib turadi. Odamlardan o‘z xatti-harakatlarini va o‘z fikrini xarakterlash so‘raladi. Haligacha odamlarga berilmagan biror-bir ma’noli savolni o‘ylab topish mushkul. GENETIK USULLAR Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi

PRAKSIMMETRIK USULLAR Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega. Topshiriqlar tahlili - bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metoddir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan. Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi. Hujjatlarni o‘rganish metod - mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi.

Mehnat metod - bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzaligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir. KUZATISH – ma’lumotlarni psixik hodisalarning qayd etish yo‘llari orqali to‘plashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo‘ladi-formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llaniladi, u o‘rganilayotgan masala mohiyatiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi. Formallashgan kuzatuv standart dastur asosida olib boriladi hamda kuzatilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan holda alohida elementlarga bo‘linadi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling