Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 1.34 Mb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1028734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bakirov F

Suhbat metodi. Suhbat — bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega. Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 32 1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. 2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. 4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. Suhbat metodining ijobiy tomoni — o‘quvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz

TASVIRLASH Har qanday fanning boshlang‘ich punkti - hodisa va faktlarni tasvirlash. Kundalik hayotda biz odamlarni kuzatamiz va ularga xarakteristika beramiz, bunda ko‘pincha ular o‘zlarini nega aynan shunday tutganlari borasidagi o‘z shaxsiy gipotezalarimizni izlab topamiz. Professional psixologlar ham xuddi shunday qilishadi, ammo buni tizimli va xolisona bajarishadi. ALOHIDA FAKTLARNI O‘RGANISH Bu eng qadimiy metodlardan biri bo‘lib, bunda psixologlar hammamiz uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash uchun bir yoki bir necha individlarni chuqur o‘rganishadi. Miyaning ishlashi haqidagi dastlabki bilimlarning katta qismi alohida individlarni tadqiq qilish jarayonida olingan bo‘lib, ular miyalarining ba’zi sohalari shikastlanishi natijasida miya faoliyatining buzilishi kuzatilgan odamlar edi. Zigmund freyd bir necha konkret faktlarni o‘rganish asosida o‘zining shaxs nazariyasini yaratdi. Psixolog gordon ollport kunlardan bir kun shunday degan edi: "odamlarga angishvonadek fojia haqida gapirib ko‘ring va ular shu zahotiyoq shunchalar ko‘p xulosa qilishadiki, butun boshli chelak to‘ladi". Shunday qilib, alohida faktlar sermahsul g‘oyalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Ammo alohida voqealarni bosib ketadigan umumiy haqiqatlarni farqlash uchun biz boshqa metodlarga murojat qilishimiz kerak.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling