Ijtimoiy-gumanitar fanlar


PSIXOMETRIK USULLAR psixometriya-psixik


Download 1.34 Mb.
bet5/6
Sana18.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1028734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bakirov F

PSIXOMETRIK USULLAR psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi. TEST - psixologik diagnostika metod bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.

EKSPERIMENT METODI (TAJRIBA USULLARI) Eksperiment metod psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi - sabab-natija aloqalarini o‘rganish va psixologik jaryonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat.

MATEMATIK ISHLOV BERISH USULLARI Miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular o‘rtasidagi ma’lum aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir qatorda psixologik tadqiqotning ob’ektligi sezgilari darajada oshiriladi. Tadqiqot usullarining to‘g‘riligi nafaqat qo‘llanilgan matematik apparatning takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob’ektlarni real miqdoriy tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling