1995-yildagi yangi alifbo
1. A a 6. G g 11. L l 16. Q q 21. V v 26. G‘ g‘
2. B b 7. H h 12. M m 17. R r 22. X x 27. Sh sh
3. D d 8. I i 13. N n 18. S s 23. Y y 28. Ch ch
4. E e 9. J j 14. O o 19. T t 24. Z z 29. Ng ng
5. F f 10.K k 15. P p 20. U u 25. O‘ o‘ ’ (tutuq belgisi)
§ Grafika
Dunyoda 220 xil yozuv mavjud. Tarixchilarning aniqlashicha, dastlabgi yozuv Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da paydo bo‘lgan va u tarixga mixxat yozuvi nomi bilan kirgan.
Yozuv xronikasi:
1. mil.avv. V-IV asrlar. Eron hududi. Yozuv: mixxat.
2. mil. I asr- VI asrgacha. Yozuv: so‘g‘d.
3. V-VIII asrlar. Turkiy xalqlar. Yozuv: O‘rxun-Enasoy yoki runik (dulbarchin).
4. VI-VII – XV asrgacha. Turkiylar va mo‘g‘ullar. Yozuv: uyg‘ur va arab.
5. 720 (VIII asr) – 1918-1920-yillar. Yozuv: arab.
6. 1930-1940-yillar. Yozuv: lotin.
7. 1940-yil may – 1993-yil 2-sentabr. Yozuv: kirill
8. 1993-yil 2-sentabr – to hozirgi kungacha. Yozuv: lotin
Qadimgi manbalar qaysi yozuvda?
Moniy yozuvida: “Xuastuanift” (“Moniylar tavbanomasi”) yodgorligi (mil. V asr). Bu yodgorlik XIX asrda topilgan.
O‘rxun-Enasoy yozuvi yoki runik (“dulbarchin” – “sirli”) yozuvida: “Kultegin”, “Bilga xoqon”, “To‘nyuquq” bitiktoshlari.
Uyg‘ur yozuvi: “Qutadg‘u bilig” Vena nusxasi yoki Hirot nusxasi (XI asr), “O‘g‘uznoma” (XIII asr), “Hibat ul-haqoyiq” Anqara nusxasi (XII asr), Xorazmiy. “Muhabbatnoma” (1353-yil); “Latofatnoma”, “Dahnoma”, Nizomiy Ganjaviy “Mahzan ul-asror” (XIV-XV asrlar).
Arab yozuvi (bu yozuv yodgorliklarining ayrimlari XI asrga taalluqli): “Qutadg‘u bilig”ning Namangan va Qohira nusxalari. Bu yozuvda Abu Ali ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Nasr Farobiy kabi olimlar, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat kabi shoirlar durdona asarlar yozib qoldirishgan.
10-DARS. ORFOGRAFIYA (IMLO)
Orfografiya grekcha “orpho” – “to‘g‘ri”, “grapho” – “yozaman”, ya’ni “to‘g‘ri yozmoq” demakdir. So‘z, o‘zak, negiz va qo‘shimchasini yagona tarzda yozish qoidalari yig‘indisi orfografiya deyiladi.
I bo‘lim. Harflar imlosi. (1-32-bandlar)
unlilar imlosi (1-7-bandlar);
undoshlar imlosi (8-32 bandlar).
II bo‘lim. Asos va qo‘shimchalar imlosi. (33-37-bandlar)
III bo‘lim. Qo‘shib yozish. (38-50-bandlar)
IV bo‘lim. Chiziqcha bilan yozish. (51-56-bandlar)
V bo‘lim. Ajratib yozish. (57-65-bandlar)
VI bo‘lim. Bosh harflar imlosi. (66-74-bandlar)
VII bo‘lim. Ko‘chirish qoidalari. (75-82-bandlar)
I bo‘lim. HARFLAR IMLOSI. (1-32-bandlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |