Ijtimoiy hodisalar o`rtasidagi bog`lanishni statistik o`rganish


Normal chiziqli tenglamalar sistemasining koeffitsiyentlarini hisoblash


Download 337.57 Kb.
bet10/12
Sana05.01.2022
Hajmi337.57 Kb.
#229706
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9-mavzu maruza matni

Normal chiziqli tenglamalar sistemasining koeffitsiyentlarini hisoblash.


Xo‘jaliklar

1 ga mineral o‘g‘itlar (shartli birliklarda), s/ga, x

Paxta hosil-dorligi, s/ga, y

x2

y2

y*x



hosila ishorasi

hosila ishorasi



A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1 -

2 -


3 -

4 -


5 -

6 -


7 -

3

3

4



4

5

6



6

25

20

28



30

31

35



33

9

9

16



16

25

36



36

625

400


784

900


961

1225


1089

75

60

112



120

155


210

198


23,65

23,65


27,29

27,29


30,94

34,59


34,59

-

-

-



-

+

+



+

-

-

-



+

+

+



+

559,32

559,32


744,44

744,44


957,28

1196,4


1196,4

Jami

x=31

y=202

x2=147

y2=5984

xy= 930

202









Bu ma’lumotlarni (9.1) formulaga qo‘yib, normal chiziqli tenglamalar tizimini ushbu ko‘rinishda yozishimiz mumkin.



bundan (9.2) binoan ;

(9.3) ga binoan esa .

Shunday qilib korrelyatsion bog‘lanish regressiyasining to‘g‘ri chiziqli tenglamasi quyidagicha:



Demak, g‘o‘zaga berilgan har bir sentner o‘g‘it hosildorlikni o‘rtacha 3,65 s/ga oshiradi. O‘g‘it berilmagan maydondan 12,7 s/ga hosil olinishi nazariy jihatdan kutiladi. Bu tenglamaga x ning har bir qiymatini qo‘yib, mineral o‘g‘itgagina bog‘liq bo‘lgan hosildorlikning nazariy darajalarini aniqlash mumkin. (9.2-jadval, 6-ustunga qarang)

Paxta hosildorligining haqiqiy va ushbu nazariy darajalari orasidagi farqlar boshqa noma’lum omillar ta’siri ostida yuzaga chiqqan. Regressiya tenglamasining a0 hadi ozod had deb ataladi va u musbat yoki manfiy qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.


Fexner koeffitsiyenti bog‘lanish zichligining juda dag‘al me’yoridir.


Bog‘lanish zichligini baholashda haqiqatga qo‘pol yaqinlashish sifatida nemis psixiatri G.T.Fexner taklif qilgan me’yordan foydalanish mumkin. Bu ko‘rsatkich bir xil ishorali juft tafovutlar soni bilan har xil ishorali juft tafovutlar soni orasidagi ayirmani bu sonlarning yig‘indisiga nisbati bilan aniqlanadi:

(9.4)

Bu yerda A- bir xil ishoraga ega bo‘lgan ayirmalarini umumiy soni;

B - har xil ishorali ayirmalarini umumiy soni.

9.2-jadval 7 va 8-ustunlarida ayirmalarining ishoralari ko‘rsatilgan. Bir-biriga mos juft ishoralar soni A=6, mos bo‘lmagan juft ishoralar soni B=1.




Ammo Fexner koeffitsiyenti belgilarning o‘rtachadan tafovutlarini hisobga olmaydi, vaholanki ular turlicha miqdoriy ifodaga ega bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanishning zichlik darajasi korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan baholanadi:

(9.5)

Korrelyatsiya koeffitsiyenti -1 bilan +1 orasida yotadi. Musbat ishora to‘g‘ri bog‘lanish, manfiy ishorada esa teskari bog‘lanish ustida so‘z boradi.



9.2-jadval ma’lumotlariga binoan:

Korrelyatsiya va regressiya koeffitsiyentlari orasida quyidagicha o‘zaro bog‘lanish mavjud:



(9.6)

Ozod had esa




-determinatsiya koeffitsiyenti deb nomlanib, natijaviy belgi o‘zgaruvchanligining qaysi qismi x-omil ta’siri ostida vujudga kelishini ko‘rsatadi.
Korrelyatsiya koeffitsiyentining kvadrati determinatsiya koeffitsiyenti deb ataladi va u natijaviy belgi umumiy o‘zgaruvchanligining qaysi qismi o‘rganilayotgan omil x hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.


Download 337.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling