«ijtimoiy-iqtisodiy» fakultet «iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi


Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT)


Download 28.31 Kb.
bet2/9
Sana02.01.2022
Hajmi28.31 Kb.
#192095
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 JORIY jahon iqtisodiyoti q

Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.

Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:

  • davlat;

  • nodavlat tashkilotlar.

4. XVF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisob- 

lanadi:



— jahon  valuta tizimini  nazorat  qilish;

—  pul  siyosatidagi  xalqaro hamkorlikka  yordam  berish;

— jahon savdosini  kengaytirish;

—  XVF a'zolarini  kreditlash;

—  valuta ayirboshlash  kurslarini  barqarorlashtirish;

—  debitor mamlakatlarga  maslahatlar berish;

—  SDR chiqarish  orqali  likvid  mablag‘larni  yaratish;

—  iqtisodiy siyosat  va  texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab 

chiqish.

—  xalqaro  moliya statistikasi  standartlarini ishlab  chiqish;

—  xalqaro  moliya statistikasi  to‘plamlarini  e’lon  qilish.

5. Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.

6. Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA).

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi.



7. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.


Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling