«ijtimoiy-iqtisodiy» fakultet «iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT)
Download 28.31 Kb.
|
2 JORIY jahon iqtisodiyoti q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon Banki
- Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi: davlat; nodavlat tashkilotlar. 4. XVF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisob- lanadi:
— jahon valuta tizimini nazorat qilish; — pul siyosatidagi xalqaro hamkorlikka yordam berish; — jahon savdosini kengaytirish; — XVF a'zolarini kreditlash; — valuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish; — debitor mamlakatlarga maslahatlar berish; — SDR chiqarish orqali likvid mablag‘larni yaratish; — iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish. — xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish; — xalqaro moliya statistikasi to‘plamlarini e’lon qilish. 5. Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi. 6. Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA). Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi. 7. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi. Download 28.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling